1. KIRISH Oliy ta‘limning Davlat ta‘lim standartiga ko‗ra ―Pedagogika‖ va ―Sog‗liqni
saqlash‖ ta‘lim sohalarida o‗qitiladigan Odam anatomiyasi fani Tayanch
harakat,ichki a‘zolar,qon tomir,markaziy va perifirik nerv tizimi,vegetativ nerv tizimi
va sezgi a‘zolari bo‗limlaridan tashkil topgan. Ushbu dastur inson organizmining ,
to‗qimalari, a‘zolari va sistemalarinnig embrional va postembrional taraqqiyoti,
makroskopik ,mikroskopik tuzilishi, ularning hayot faoliyati qonuniyatlari, fan tarixi
va rivoji tendensiyasi, istiqboli masalalarini qamraydi hamda bo‗lg‗usi umumiy
amaliyot vrachlarida klinik fikrlash, kasallik va uning belgilarini asoslash uchun
zamin yaratib beradi.
1.1. Fanning maqsad va vazifalari Anatomiya fani tibbiy-biologik fanlar majmuasiga taalluqli bo‗lib, I, II va III
semestrlarda o‗qitiladi.
Fanning maqsadi - odam organizmi organ va to‗qimalarining embrional
rivojlanishi,Makroskopik va mikroskopik tuzilishi, sog‗lom inson organ va
sistemalarining tuzilishi ,uning perinatal va postnatal rivojlanishi asosiy
qonuniyatlarini o‗rganish, organ tuzilishi va Yoshga nisbatan tuzilishdagi
o‗zgarishlarni identifikatsiya va interpretatsiya qilish ko‗nikmalarini egallash.
Fanning vazifalari:
-
Organlar va a‘zolarning taraqqiyoti, tuzilishi va faoliyati to‗g‗risida zamonaviy
nazariy bilimlarni egallash;
-
Organizmning individual,Yoshiga qarab o‗zgarishini,jinsiy xususiyatlarini va
tashqi muhit ,mehnatni organizm rivojlanishiga hamda tuzilishiga ta‘sirini bilish;
-
Organlar tuzilishini makroskopik va mikroskopik to‗g‗ri tahlil qilish borasida
asosiy amaliy ko‗nikmalarga ega bo‗lish;
-
Sog‗lom odam organizmi va a‘zolarining embrional taraqqiyoti qonuniyatlarini
o‗zlashtirish;
-
Organ va to‗qima va a‘zolarning Yoshga nisbatan o‗zgarishlari va ularning turli
ta‘sirlarga nisbatan javob reaksialarini to‗g‗ri talqin qila bilish;
-
Eng muhim anatomik tadqiqot usullarining asoslarini o‗zlashtirish.