2.3. M arketingning asosiy tamoyillari
M arketing tamoyillari kompaniyaning samarali marketing strate
giyasini ishlab chiqishi uchun foydalanadigan marketing g ‘oyalari b o iib
hisoblanadi.
M arketingning eng fundamental tamoyili b o ‘lib iste’molchiga yo‘-
naltirilganlik hisoblanadi hamma faoliyat inson ehtiyojlarini qondi-
rishga qaratiladi.
Marketing strategiyasiga asoslangan holda marketingning aso
siy tamoyillari quyidagilar:
• marketingni boshqarish-tegishli maqsadlarga erishishda turli
vazifalami bajarish jarayonida marketingni boshqarish faoliyati;
• rejalashtirish -tu rli marketing dasturlarini yaratish, marketing fao
liyatini uzoq, o ‘rta va qisqa muddatli rejalashtirish;
• bozor tadqiqotlari -korxonaning iqtisodiy sharoitlari va ta ’minot
imkoniyatlari;
• segm entatsiya-eng muhim bozor segmentlarini izlash va ular
uchun tovarlarni yetkazib berish;
• m oslashish-real va potensial talabga nisbatan moslashuv jarayoni.
• innovatsiya-yangi tovar yaratish.
• rag‘batlantirish-tovam i targ‘ib qilish, tovar haqidagi axborotni
iste’molchilarga yetkazish. M azkur marketing tamoyillariga qat’iy rioya
qilish kompaniya tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga erishish imkonini
beradi.
Dostları ilə paylaş: