Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev


Biznes nuqtayi nazaridan marketingning asosiy tamoyillari



Yüklə 4,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/191
tarix24.12.2023
ölçüsü4,95 Kb.
#191546
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   191
marketing

Biznes nuqtayi nazaridan marketingning asosiy tamoyillari
quyidagilardan iborat:
• rejalashtirilgan biznes ko‘rsatkichlariga erishish;
• tovarlarni realizatsiya jarayonini samarali boshqarish;
• samarali marketing siyosati va strategiyasini tanlash;
• korxona maqsadlarini uning imkoniyatlar va moddiy resurslari 
bilan muvofiqlashtirish uchun kompleks yondashuvdan foydalanish.
Bozor faoliyati nuqtayi nazaridan marketingning asosiy tamo­
yillari quyidagilardan iborat:
• tovar bozordagi holat va ishlab chiqaruvchi imkoniyatlaridan 
kelib chiqqan holda, iste’moichi ehtiyojini qondirishi kerak;
• tovarlarni bozorda realizatsiya qilishda eng samarali yo‘lni tan­
lash kerak;
35


• bozor ulushini oshirish yoki uzoq muddat saqlab turish;
• bozor bilan samarali muloqotni ta ’minlash, barcha mavjud rekla­
m a vositalaridan samarali foydalanib, talabni faol ravishda shakllanti- 
rish.
Ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan marketingning asosiy tamo-
yillari quyidagilardan iborat:
• bozor muhitidan kelib chiqqan holda tovarga doimiy yangiliklar 
kiritib turish; iste’molchining mahsulot sifati bo ‘yicha qarashlaridan 
kelib chiqib yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish;
• ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xodimlaming ijodiy 
tashabbuskorligini oshirish uchun kompaniyaning yangi usullarim ishlab 
chiqish;
• mahsulot sifatini yaxshilash;
• ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish.
Tovarni sotish kanalini shakllantirish bo‘yicha marketingning
asosiy tamoyillari quyidagicha:
• kompaniyaning mahsulotlarini talab qilingan hajmda, oxirgi joyda 
foydalanuvchi uchun eng munosib joyga va belgilangan muddatda 
yetkazib berishni tashkil qilish;
• barqaror va ishonchli tovar tarqatish kanalini yaratish;
• har bir kanal bosqichlarida mahsulotni reklama qilish samarador­
ligini oshirish va nazorat qilish;
• marketing faoliyatini tahlil qilish, taqdim etilayotgan mahsulotlar 
va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida hisobotlami 
taqdim etish.

Yüklə 4,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin