• bozor ulushini oshirish yoki uzoq muddat saqlab turish;
• bozor bilan samarali muloqotni ta ’minlash, barcha mavjud rekla
m a vositalaridan samarali foydalanib, talabni faol ravishda shakllanti-
rish.
Ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan marketingning asosiy tamo-
yillari quyidagilardan iborat:
• bozor muhitidan kelib chiqqan holda tovarga doimiy yangiliklar
kiritib turish; iste’molchining mahsulot sifati bo ‘yicha qarashlaridan
kelib chiqib yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish;
• ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xodimlaming ijodiy
tashabbuskorligini oshirish uchun kompaniyaning yangi usullarim ishlab
chiqish;
• mahsulot sifatini yaxshilash;
• ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish.
Tovarni sotish kanalini shakllantirish bo‘yicha marketingning
asosiy tamoyillari quyidagicha:
• kompaniyaning mahsulotlarini talab qilingan hajmda, oxirgi joyda
foydalanuvchi uchun eng munosib joyga va belgilangan muddatda
yetkazib berishni tashkil qilish;
• barqaror va ishonchli tovar tarqatish kanalini yaratish;
• har bir kanal bosqichlarida mahsulotni reklama qilish samarador
ligini oshirish va nazorat qilish;
• marketing faoliyatini tahlil qilish, taqdim etilayotgan mahsulotlar
va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida hisobotlami
taqdim etish.
Dostları ilə paylaş: