Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev


Marketingda taktik rejalashtirish va nazorat



Yüklə 4,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/191
tarix24.12.2023
ölçüsü4,95 Kb.
#191546
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   191
marketing

2.4. Marketingda taktik rejalashtirish va nazorat
Korxona o ‘z faoliyatini amalga oshirishda strategik va taktik reja- 
lashtirishdan foydalanadi. Strategik rejalashtirish odatda uzoq muddatga 
m oijallangan bo ‘lib korxonaning asosiy maqsadlariga erishishga 
yo‘naltiriladi. Taktik rejalashtirish esa faoliyat mobaynida yuzaga 
kelgan muammolami hal qilish va turli vaziyatlarga oid qarorlar qabul 
qilishda ishlatiladi. Marketingda rejalashtirish jarayoni quyidagi 
chizmada ko ‘rsatib o'tilgan (2.4.1-chizma):
36


Nazorat - marketing faoliyatining yakuniy bosqichi. Bu yerda 
vaziyat tahlil qilinadi, agar ayrim kamchiliklar kuzatiladigan b o ‘lsa, 
taktik va strategik rejalarga qo ‘shimcha va o ‘zgartirishlar kiritishga 
zarurat paydo bo ‘ladi.
2.4.1-chizma. Marketingni rejalashtirish
Bajariladigan vazifalarga qarab nazoratning quyidagi turlari 
mavjud:
• uzoq muddatli marketing strategiyasining bajarilishini monitoring 
qilish tanlangan strategiyaning bozorda ro ‘y berayotgan haqiqiy 
jarayonlarga mos kelishini aniqlash maqsadida korxonaning marketing 
faoliyatini muntazam, har tomonlama va obyektiv tekshirish;
• taktik qisqa muddatli (yillik) marketing rejalarini nazorat qilish - 
belgilangan maqsadlarga erishishning joriy nazorati (sotish, bozor 
ulushi, tovarlarga bo‘lgan iste’molchilaming munosabati va boshqalar);
• marketing rejalarini amalga oshirishni operativ nazorat qilish.
2.4.2-jadvaI.
Strategik va taktik qarorlarning o ‘zaro farqlari
Strategik qarorlar
Taktik qarorlar
U m um iy y o 'n a lish g a d ax ld o r
M aq sad g a erish ish usullarini o ‘z ichiga 
oladi
Q ayta ishlab ch iq ish qiyin
0 ‘z g artirish oson
A lte m a tiv variantlari m avjud em as
T urli a lte m a tiv k o m b in atsiy alam i 
q o 'lla sh m um kin
37


M arketing nazorati uchun qoilaniladigan ko ‘rsatkichlaming turlari, 
soni va darajasi batafsil nazorat maqsadlariga bog‘liq. M arketing nazo­
rati k o ‘rsatkichlari quyidagicha:
Oddiy (tavsiflovchi) ko‘rsatkichlar, qoida tariqasida, korxona yoki 
hodisalaming uzoq muddatli maqsadlarini ifodalashda, ulam ing miqdo- 
riy jihatdan ifodalash qiyin (masalan, mahsulotning ekologik xavfsizli- 
gini iste’molchilar orasida mukammal tasvir yaratishda) ishlatiladi.
Miqdoriy k o ‘rsatkichlar k o ‘proq q oilaniladi va mutloq, nisbiy va 
indeksli ko‘rsatkichlarga b oiinadi.
Sifat ko'rsatkichlari miqdoriy k o ‘rsatkichlar umuman ishlatilmagan- 
da (masalan, iste’molchilami tavsiflash, ulaming odatlari, imtiyozlar va 
boshqalar) ishlatiladi.
Universal ko'rsatkichlar korxona faoliyatini umumiy ravishda tahlil 
qilishda qoilaniladi.
Marketing nazoratining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
• maqsadlarga erishish darajasini belgilash;
• yaxshilanish imkoniyatini aniqlash;
• korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o ‘zga- 
rishlariga qanchalik mos kelishini aniqlash.
Marketing maqsadlari tahlili unga erishish bo‘yicha asosiy 
vazifalami shakllantirishga imkon beradi. X.Meffert 1986-yilda 3 ta 
o ‘zaro b o g iiq marketingni kompleks vazifalarini ajratib ko‘rsatadi:
• talabni tartibga solish bilan b o g iiq b o ig a n bozor faoliyatiga 
kiruvchi vazifalar;
• firma yoki korxona faoliyati bilan b o g iiq vazifalar;
• tashqi muhit va jam oatchilik bilan b o g iiq vazifalar.
Marketing vazifalari natijasida marketing jarayonini barcha
bosqichlariga mos keluvchi marketing funksiyalari shakllanadi va doimo 
tartibga solib boriladi.

Yüklə 4,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin