G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

 
9-rasm. Odam asab tizimi
rivojlanishining erta bosqichlari 
A – asab plastinkasi.
B – asab tarnovchasi.
C – asab trubkasi bosqichlari. 
1 – ektoderma; 2 – mezoderma; 3 – 
entoderma; 4 – xorda; 5 – ganglioz 
plastinka; 6 – mezenxima; 7 – asab 
trubkasi; 8 – asab tarnovchasi; 9 – asab 
valiki; 10 – asab plastinkasi. 
bo‗rtiq - miya pufaklari (oldingi, o‗rta va keyingi) hosil bo‗ladi. 3 ta miya pufagi 
hosil bo‗lish bosqichidan keyin oldingi va keyingi pufakni ikkiga bo‗linishi natijasida 
5 ta miya pufagi bosqichi keladi. Keyinroq oldingi miya pufagidan oldingi miya va 
oraliq miya, o‗rta pufakdan o‗rta miya, keyingidan esa – rombsimon miya 
rivojlanadi. Ushbu rombsimon miya filogenetik kompleks bo‗lib, miyacha, ko‗prik
va uzunchoq miyadan iboratdir. Ko‗prik miyacha bilan keyingi miya deyiladi (10-
rasm). 


29 
 
 
10-rasm. Umurtqalilar 
bosh miyasining rivojlanishi.
Umurtqalilarda harakatlanish kuchli bolganligi va sezgi a‘zolaridan keladigan 
axborotni doimo tahlil qilish zarur bo‗lganligi sababli bosh miya paydo bo‗lgan 
(kefalizasiya, yoki sefalizasiya). Oldingi miya - hid bilish a‘zosi, o‗rta miya – 
ko‗rish a‘zosi, keyingi esa – statokinetik analizator bilan dinamik muvofiqlashuvni 
rivojlanib borishi davomida shakllangan, deb hisoblanadi.
Bosh va orqa miya ichida nevrosel asosida orqa miya suyuqligi bilan to‗lgan 
bo‗shliq paydo bo‗ladi. Bosh miyada bu bo‗shliq o‗zaro aloqa qiladigan sisternalar – 
miya qorinchalaridan iboratdir. Ularni to‗ldirgan orqa miya suyuqligi tomir 
bog‗lamlarida qon plazmasini filtrlanishi hisobiga hosil bo‗ladi.
Miya qorinchalarida tub (asos) va qopqoqqa (mantiya) ajratiladi. Qopqoq 
qorinchalar ustida, tub esa ularning ostida joylashadi.
Bosh miya moddasida neyronlar diffuziyali taqsimlanmaydi, balki kulrang 
moddani, ularning o‗simtalari esa oq moddani hosil qilib, to‗plam ko‗rinishida 
bo‗ladi. Miyaning istalgan bo‗limining qopqog‗idagi kulrang modda qatlami 
po‘stloq
, uning qalinligidagi alohida to‗plamlar esa 
yadrolar
deyiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin