G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


 Asab tizimining reflektor faoliyati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

1.8. Asab tizimining reflektor faoliyati 
Asab faoliyatining asosiy shakli reflekslar hisoblanadi. Refleks – asab 
faoliyatining funksional birligi hisoblanadi. Fiziologik tushunchada 
refleks
– 
organizmni ichki yoki tashqi muhit ta‘sirlariga javob reaksiyasi bo‗lib, markaziy 
asab tizimi ishtirokida amalga oshiriladi. Refleksning biologik mohiyatlari 
quyidagilardan iborat: reflekslar yordamida organizmning turli qimslari o‗rtasida 
hamkorlik, uning a‘zolarini kelishilgan holda ishlashi amalga oshiriladi, ya‘ni 
muhitning o‗zgaruvchan sharoitlariga doimo moslashadigan tarzda organizmni bir 
butun, uyg‗un faoliyat ko‗rsatishiga imkoniyat yaratiladi. 
Refleks haqidagi ta’limotning tarixi.
Eramizning II asrida asab tizimini 
o‗rgangan rimlik shifokor Galen odamning harakat aktlarini bajarilishida ongning 
ishtirokini talab qiluvchi ―ixtiyoriy‖ va ongning ishtirokisiz amalga oshiriluvchi 
―ixtiyorsiz‖ shakllariga ajratgan. Buyuk fransuz mutafakkiri R.Dekart (XVI–XVII 
asrlar) ilk bor, ixtiyorsiz amalga oshiriladigan harakatlarni reflektorli tamoyili 
to‗g‗risidagi tahminni aytgan. Masalan, barmoqqa igna tiqilganda qo‗lni tortib 
olinishini u quyidagicha tushuntirgan: ta‘sir, sezuvchan asab uchlaridan miyaga 
o‗tkaziladi va undan mushaklarni boshqaruvchi asablarga uzatiladi. U, miya 
faoliyatiga, sababli qonuniyatlarga bo‗ysinuvchi mexanizm faoliyati sifatida qaragan 
va shu bilan birga, insonda ruhiy faoliyatga mas‘ul bo‗lgan nomoddiy ruh 
mavjudligini tan olgan. Dekartning dualizmi aynan shundan iboratdir. 
Dekartning, ta‘sirotchiga nisbatan organizm javob reaksiyasining tabiati 
to‗g‗risidagi tasavvuri XVII asrda chexiyalik olim I.Proxaska tomonidan 
rivojlantirilgan. U, fiziologiyaga ―refleks‖ atamasini kiritgan. Keyinchalik, XIX asrda 
asab faoliyatining reflektorli nazariyasi yaratilgan. I.M.Sechenov «Bosh miya 
reflekslari to‗g‗risida‖gi (1863) asarida ong hodisalari fiziologik qonunlarga 


42 
bo‗ysinishi va ruhiy hodisalar asosida reflektorli jarayonlar yotishini aniq asoslagan. 
Keyinchalik, 
I.P.Pavlov 
shartli 
reflekslarni 
hosil 
bo‗lishi misolida 
hayvonlarning xulq-atvori reflektorli mexanizmlarga bog‗liq ekanligini ko‗rsatib 
bergan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin