37
qobig‘i
deyiladi. Shunday qilib mielin, asab to‗qimasining uchastkalariga oq rang
beradigan membrana oqsillari va lipidlardan tuzilgan (bosh va orqa miyaning oq
moddasi).
Periferik asab tizimida shvann gliya hujayralari mielinlashtiradi. Shvann
hujayralari MATning oligodendrositlaridan farqli o‗laroq, o‗simta hosil qilmaydi;
ulardan har biri go‗yoki aksonning bir uchastkasini o‗rab oladi, va boshqa shvann
hujayralari bilan birga uning mielin qobig‗ini hosil qiladi. Qo‗shni shvann
hujayralari o‗rtasida aksonlarning uncha katta bo‗lmagan ochiq uchastkasi qoladi
(
Ranve bo‘g‘ini
), ular orqali asab impulslari tarqaladi.
O‗zlarining burmalarida (invaginasiyalarida) neyronlarning tanasi va mielinsiz
asab tolalarini saqlagan oligodendrositlar va Shvann hujayralari (S tip) bir vaqtning
o‗zida bir nechta neyronlar va ularning o‗simtalari uchun izolirlovchi «futlyarlar» ni
hosil qilishi mumkin.
2. Astrositlar
(lot. «
astra
» - yulduz) yulduzsimon shaklga ega. Ularning
ayrimlarida ingichka sitoplazmatik o‗simtalar (
fibrillyar astrositlar
), boshqa qismida
esa - zich o‗simtalar (
protoplazmatik astrositlar
) mavjud.
Astrositlar asosan bosh va orqa miyaning kulrang va oq moddasida joylashgan.
O‗simtalar tomir devorlari va neyronlar o‗rtasidagi bo‗shliqni
Dostları ilə paylaş: