36
tomirlarida joylashishi mumkin. Bu ularning ozuqa moddalar va kislorodni qondan
asab hujayrasiga uzatishda muhim rol o‗ynashini ko‗rsatadi.
Neyrogliya hujayralari ba‘zida neyronning sezgir va nozik tuzilmalarini turli
fizik ta‘sirotlardan himoya qiladigan gidrodinamik yostiq vazifasini ham bajaradi,
deb hisoblashadi. Oxirgi vaqtlarda ushbu hujayralarning miyaning shartli reflektor
faoliyatida va xotira mexanizmida qatnashishi to‗g‗risida ma‘lumotlar ham paydo
bo‗ldi.
Shunday qilib, «neyron – neyrogliya» tizimi doimo o‗zgarib turadigan
muvozanatda bo‗ladi. Biroq, miyada kechadigan ushbu jarayonlarda, so‗zsiz
neyronlar ustunlik qiladi, va ular o‗zining ustunligidan foydalanib neyrogliyadan
o‗ziga kerakli hamma narsani tortib oladi.
Gliya hujayralari (gliositlar, gliya hujayralari) bir necha tipga bo‗linadi.
Hujayralarning uchta tipi -
oligodendrositlar
,
astrositlar
va
ependim hujayralar
–
neyrogliya hujayralariga
kiradi, ya‘ni ular bilan neyronning kelib chiqishida
umumiylik bor, biroq ulardan farqli o‗laroq, ular regenerasiyalanadi.
Mikrogliya
hujayralari qon oqish yo‗lidanmiya to‗qimasiga migrasiyalangan makrofaglar
hisoblanadi (14-rasm).
Dostları ilə paylaş: