12-rasm. Neyronlarning asosiy tiplari
III. Neyronlar
qo‘zg‘atuvchan
va
tormozlovchi
xillarga bo‗linadi.
Nomidan ko‗ringanidek, qo‗zg‗alish
jarayonlariga ixtisoslashgan neyronlar qo‗zg‗atuvchan, tormozlashga ixtisoslashgani
tormozlovchi deyiladi.
IV.
Bajaradigan vazifasiga
ko‗ra neyronlar quyidagicha tasniflanadi (13-
rasm):
1.
Afferent
(sezuvchan, markazga intilgan, sensor) - impulslarni (axborotni)
reseptordan MATga uzatadi. Ushbu neyronlarning tanasi MATdan tashqarida, ya‘ni
orqa miya yoki bosh miya gangliylarida (bosh va orqa miya yonida) joylashgan.
Afferent neyron psevdounipolyar shaklga ega, ya‘ni uning ikkala o‗simtasi
hujayraning bitta qutbidan chiqadi. O‗simtalardan biri reseptor (aksonga o‗xshash
dendrit) bilan tugaydigan periferiyaga, ikkinchisi esa MAT (haqiqiy akson)ga
34
yo‗naladi. Afferent neyronlarga aksoni bosh va orqa miyaning yuqoriga ko‗taruvchi
yo‗lini tashkil qiladigan asab hujayralari ham kiradi.
2.
Efferent
(effektor, harakatlantiruvchi va vegetativ) neyronlar markazdan
qochirma rejimida ishlaydi, ya‘ni ular pasayib boruvchi impulslarni asab tizimining
yuqorida joylashgan qavatlaridan pastda joylashgan qavatlarga uzatadi. Masalan,
po‗stloqdan orqa miyaga, yoki orqa miyadan ishchi organlarga uzatadi. Efferent
neyronlar uchun dendritlarning tarmoqlanganligi va bitta uzun akson borligi
xarakterlidir. Efferent neyronlar son jihatdan afferent neyronlardan 4-5 marta kam
bo‗ladi.
3.
Oraliq neyronlar
(interneyronlar, assosiativ) odatda maydaroq bo‗ladi, turli
neyronlarni o‗zaro bog‗laydi. Akson ko‗p shoxlanganligi uchun oraliq neyronlar bir
vaqtni o‗zida boshqa bir qancha neyronlarni qo‗zg‗atishi mumkin. MATda asosan
oraliq neyronlar bo‗ladi.
Modulyator neyronlar
alohida o‗rin egallaydi, ular o‗z
holicha birorta reaksiyani ishga tushirmaydi, lekin asab markazining faolligini
o‗zgartirishi mumkin, bu bilan ularning reaktivligini modullashtiradi.
|