G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

O‘tkazuvchi vazifasi 
qo‗zg‗alishni ko‗plab ko‗tariluvchi o‗tkazuvchi yo‗llar 
orqali miya ustunining markazi va katta yarim sharlarning po‗stlog‗iga uzatishdan 
iborat. MATning yuqorida joylashgan bo‗limlaridan orqa miya impulslarni pastga 
tushuvchi o‗tkazuvchi yo‗llardan oladi va ularni skelet mushaklari va ichki a‘zolarga 
uzatadi.
Orqa miyaning o‗tkazuvchi yo‗llari uning segmentlararo tutamlaridan ichkariga 
joylashgan. O‗tkazuvchi yo‗llardan ko‗tariladigan yo‗nalishda impulslar orqa 
miyaning sezuvchan va oraliq neyronlaridan o‗tadi. Pastga qarab esa impulslar bosh 
miyaning asab hujayralaridan orqa miyaning oraliq va harakatlanuvchi neyronlariga 
keladi.
Orqa miyaning
 ko‘tariluvchi yo‘llariga 
ingichka va ponasimon tutamlari, orqa 


55 
va oldingi orqa miya-miyacha yo‗llari, hamda yon orqamiya-talamus yo‗llari kiradi.
 
Ingichka tutam 
oyoq-qo‗llarning pastidan reseptorlaridan va tananing pastki 
yarmidan (5-ko‗krak segmentigacha) impulslarni o‗tkazadi. 
Ponasimon tutam 
asab 
impulslarini oyoq-qo‗llarning yuqorisidanva tananing yuqori yarmidan o‗tkazadi. 
Orqa va oldingi 
orqa miya-miyacha yo‘llari
proprioseptiv impulslarni (17 – 20 
mkm li yirik tolalar) skelet mushaklaridan miyachaga o‗tkazadi. 
Orqa miya-talamus 
yo‘li 
(diametri 2 – 5 mkm bo‗lgan ingichka tolalar) og‗riq va harorat impulslarini 
orqa miyaning yuqori qismi – talamusga uzatadi. O‗rtacha tolalar (diametri – 12 
mkm) orqali impulslar taktil reseptorlar va interoreseptorlardan ichi bo‗sh ichki 
a‘zolardan uzatiladi.
Pastga tushuvchi o‘tkazuvchi yo‘llar 
qizil yadroli-orqa miyali, lateral 
kortikospinal (piramidali), oldingi kortikospinal (piramidali), qopqoqli-orqa miya 
yo‗li, kiraverish-orqa miya va b. larni o‗z ichiga oladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin