G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

harakat 
reflekslari; 
– yon shoxlarning afferent hujayralari amalga oshiradigan 
vegetativ 
reflekslarga
bo‗linadi.
Spinal vegetativ reflekslar. 
Orqa miya darajasida segmentar vegetativ 
reflekslar amalga oshadi. Ularga quyidagilar kiradi: (1) terining ma‘lum bir yeri 
qizdirilganda tomir tonusining o‗zgarishi; (2) tananing ma‘lum bir yeri qizdirilganida 
ter ajralishi; (3) ichakning ayrim motor funksiyalarini nazorat qiladigan ichak 
reflekslari; (4) qorin ta‘sirlanganida me'da-ichak yo‗lining motor faolligini 
tormozlaydigan qorin-ichak reflekslari; (5) siydik pufagi yoki yo‗g‗on ichak 
to‗lganida uni bo‗shatadigan evakuasion reflekslar. Bundan tashqari barcha 
segmentar reflekslar ba‘zida bir vaqtda massiv refleks ko‗rinishida qo‗zg‗alishi 
mumkin. 
Massiv refleks
. Ba‘zida spinal hayvon yoki odamning orqa miyasining faolligi 
o‗ta ortib ketadi. Odatda bu teriga kuchli og‗riq ta‘sir qilganida yoki ichki a‘zolar 
juda to‗lib ketganida ro‗y beradi. Stimul qanday tipda bo‗lishidan qat'iy nazar hosil 
bo‗lgan refleks o‗ziga orqa miyaning bir qismini yoki hattoki barcha qismini jalb 
qiladi – 
massiv refleks
deyiladi.
Orqa miyaning 
harakat reflekslarining
klassifikasiyasi.
Barcha spinal reflekslarni belgilari bo‗yicha 2 ta guruhga birlashtirish mumkin. 
Birinchidan, qaysi reseptor qo‗zg‗alishni chaqirishiga qarab: 
a) proprioreseptiv, b) 
visseroreseptiv
va 
c)
teri reflekslari
(himoya). Proprioreseptorlardan hosil 
bo‗ladigan reflekslar 
yurish 
va 
mushak tonusini
boshqarishda qatnashadi. 
Visseroreseptiv reflekslar interoreseptorlardan hosil bo‗ladi (ichki a‘zolarning 


57 
reseptorlari) va qorinning oldingi devori, ko‗krak qafasi va belni bukuvchi 
mushaklarni qisqarishida qatnashadi.
Ikkinchidan, spinal reflekslarni a‘zolar bo‗yicha birlashtirish maqsadga 
muvofiq (refleks effektorlari): a) oyoq-qo‗l reflekslari, b) qorin, v) tos a‘zolari.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin