G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

Oyoq–qo‘l reflekslari.
Bularni 4 ta guruhga birlashtiriladi: 1) 
bukuvchi, 2) 
rostlovchi, 3) ritmik
va 4) 
pozali-tonusli

Bukuvchi reflekslar 
fazali
va 
tonusli
reflekslarga bo‗linadi. 
Fazali reflekslar
— bu teri yoki proprioreseptorlarni bir marta qo‗zg‗atilganda 
oyoq-qo‗lni bukishdir. Bukuvchi-mushaklarning motoneyronlari qo‗zg‗alishi bilan 
bir vaqtda rostlovchi-mushaklari resiprok tormozlanadi. Teri reseptorlaridan hosil 
bo‗ladigan reflekslar polisinaptik hisoblanadi va ular himoya vazifasini bajaradi. 
Masalan, ilgakka ilingan spinal baqa sulfat kislotaning kuchsiz eritmasiga solinsa
yoki oyog‗i pinset bilan chimchilansa uning tizza bo‗g‗imi bukiladi va oyog‗ini tortib 
oladi, kuchliroq qo‗zg‗atilsa tos-bel sohasi ham tortiladi. Proprioreseptorlardan hosil 
bo‗ladigan reflekslar monosinaptik va polisinaptik bo‗ladi, masalan, bo‗yinning 
pozali-tonusli reflekslari, proprioreseptorlardan bo‗ladigan tos reflekslari yurish 
aktini bajarishda qatnashadi. Fazali bukish yoki harakat refekslarining qandayligiga 
qarab MAT ni qanchalik qo‗zg‗alganligi va buzilganligini bilish mumkin. Bukish 
reflekslari ham, rostlash reflekslari ham mushaklar uzoq vaqt cho‗zilganda paydo 
bo‗ladi, ularning asosiy mohiyati pozani ushlab turishdadir. Skelet mushaklarining 
tonusli qisqarishi mushaklarning tabiiy isqarishi yordamida amalga oshiriladigan 
barcha harakat aktlarini bajarish uchun fon hisoblanadi. Klinikada bir nechta fazaviy 
bukish reflekslari tekshiriladi: tirsak va Axill (proprioseptiv reflekslar), tovon (teri 
refleksi). Tirsak refleksida tirsak bo‗g‗imidan qo‗l bukiladi, buning uchun payga 
bolg‗acha bilan uriladi (refleksni chaqirish uchun qo‗l ozgina bukilgan bo‗lishi 
lozim), uning yoyi orqa miyaning 5-6-bo‗yin segmentida tutashadi (20-rasm).
Axillov refleksida boldirning 3 boshli mushagi qisqarishi hisobiga tovon bukiladi 
(21-rasm).


58 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin