184
Rejalashtirishdan asosiy maqsad bozorni sifatli, arzon va raqobatbardosh mahsulotlar bilan
to‘ldirish, qishloq xo‘jalik korxonalarining soha va tarmoqlari o‘rtasida ichki resurslar bilan
ta'minlanish mutanosibligini o‘rnatish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Rejalashtirish natijasida qishloq xo‘jalik korxonalari yer va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan,
mehnat va moliya resurslaridan, tabiiy boyliklar, fan va texnika yutuqlari hamda ilg‘or tajribalardan
oqilona va samarali foydalanishga, tejamkorlik qoidalariga rioya qilishga va nobudgarchiliklarga yo‘l
qo‘ymaslikka erishishni nazarda tutadi.
Rejalashtirish orqali quyidagi vazifalar hal etiladi:
-
qishloq xo‘jalik korxonalari ichida agrar va iqtisodiy munosabatlarni
chuqur islox qilish
asosida xususiy mulkchilikni shakllantirish va mustahkamlash;
-
dehqonning yer va boshqa ishlab chiqarish vositalari, mehnat, moliya va ilmiy-texnika
resurslaridan oqilona foydalanishida shaxsiy javobgarligi va manfaatdorligini oshirishni ta'minlash;
-
har bir qishloq xo‘jalik korxonasida ekinlar hosildorligini, chorva va parranda mahsuldorligini
oshirishning aniq yo‘llarini hisoblab chiqib, dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarida mehnat
unumdorligini o‘stirish, sarf-xarajatlarni tejash va ishlab chiqarish rentaballigini ko‘tarish;
-
korxonaning tabiiy-iqtisodiy sharoitini hisobga olgan xolda, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish
va tarmoqlarni bir-biri bilan samarali muvofiqlashtirish;
-
mahsulot sotish bo‘yicha korxona tuzgan shartnomalarning bajarilishini ta'minlash;
-
korxonada ishlab chiqarish munosabatlarini, texnika va texnologiyasini takomillashtirish, fan,
texnika va ilg‘or tajribalarni, tadbirkorlikni xorijiy davlatlar va ichki investitsiyalarni ishlab
chiqarishga keng joriy etib, eksportbop tovar mahsulotlari yetishtirishni ta'minlash.
Shuning bilan birgalikda, qishloq xo‘jalik korxonalarida iqtisodiy va agrar o‘zgarishlarni o‘zida
aks ettira oladigan, mulk egasi huquqini ta'minlovchi bozor mexanizmi va moddiy rag‘batlantiruvchi
omillarni
jonlantirish
va rejalashtirish ular zimmasiga yuklangan vazifalar qatoriga kiradi.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda rejalashtirish quyidagi
Dostları ilə paylaş: