tamoyillarga tayanadi:
-
rejalashtirishning
demokratik mustakillikka asoslanishi, ya'ni korxonaning ishlab chiqarish
moliya faoliyatini tashkil etishda, xo‘jalik ichida iqtisodiy va agrar munosabatlarni joriy etishda har
tomonlama mustaqillik va bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan boshqarish tizimini o‘rnatishda
demokratik qonun-qoidalarga amal qilish;
-
rejalashtirishning
ustuvor yunalishlarini belgilash, ya'ni korxona uchun har bir gektar yerdan
va har bir bosh chorvadan
eng ko‘p foyda olinadigan ishlab chiqarish yo‘nalishini biznes reja orqali
asoslab olish va shu yetakchi bo‘g‘inga korxonaning barcha resurslarini jalb etib, ulardan oqilona
foydalanish, rejani o‘z vaqtida bajarish hamda ishlab chiqariladigan tovar mahsulotlar miqdorini
ko‘paytirish, assortimentlarini yaxshilash, mehnat sarfini kamaytirish uchun eng qulay sharoitlar
yaratish;
-
istiqbol va yillik rejalarning bir biri bilan uygunlashganligi va ilmiy jihatdan asoslanganligini
ta'minlash, ya'ni korxonada yetakchi tarmoqdan eng ko‘p foyda olish atrofida, rejaning barcha
qismlarini bir biri bilan uyg‘unlashtirib, ular o‘rtasida mutanosiblikni o‘rnatish imkoniyati yaratiladi.
Ko‘zda tutilgan maqsadga erishish uchun esa reja ko‘rsatkichlari ilmiy jihatdan asoslangan
me'yorlarga tayangan bo‘lishi kerak. Fan-texnika yutuqlari, zamonaviy ilg‘or texnologiyalardan
foydalanish ishlab chiqarishni tashkil etishda rejalashtirish mexanizmidan keng foydalanishni talab
etadi;
-
korxona iqtisodiyotini barqarorlashtirish, ya'ni korxonada yuzaga kelayotgan tangliklarni
bartaraf etish uchun ko‘riladigan barqarorlashtirish chora-tadbirlari majmuasi, korxona to‘la inqirozga
uchrashiga chap berish maqsadida ishlab chiqarish va ishlab chiqariladigan mahsulotlar tarkibini
o‘zgartirish tadbir-choralarini avvaldan rejalashtirib, ishlab chiqarish xarajatlarini tejashga, mahsulot
sifatini yaxshilashga, ularning raqobatbardorligini oshirishga harakat qilish.
Ta'kidlash lozimki, korxonada tuzilgan barcha turdagi rejalarning bajarilishini muntazam
ravishda nazorat qilinishi va ularning o‘z muddatida bajarilishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi
ishchi xodimlarning ish natijalari uchun javobgarligini kuchaytiradi.
185
Rejalarning ilmiy asoslangan va aniq bo‘lishi, ko‘p jihatdan ularni