187
ularga yetarli shart-sharoitlarni yaratib berish rahbarlarga ma'lum bo‘lishi
va boshlangich faoliyati
negizini tash kil qilmog‘i lozim.
Tadbir rahbari quyidagi savollarga aniq va tushunarli javob berishi shart:
-taklif qilingan mahsulotlarga (xizmatga) bozorda talab bormi yoki yo‘qmi? Talab darajasi
qanday? (yuqori, o‘rta, past).
-taklif etilayotgan mahsulotlari (xizmat) iste'molchiga nimasi bilan yoqadi?
-ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatchilar mahsulotidan nimasi bilan farqlanadi?
-mahsulot bozorgirmi va u necha yil davomida bozorni egallab turadi?
-mahsulot patentlanganmi, mualliflik guvohnomasi bormi, ular qaerlarda va kim tomonidan
ro‘yxatga olingan, bankda hisob raqamiga egami?
Biznes-rejaning bu bo‘limida taklif qilinadigan
mahsulotning sotilish narxi, hajmi va uni ishlab
chiqarishga ketadigan xarajatlar qiymati, olingan naf-foyda miqdoriga baxo berilishi shart.
Biznes-rejada bozorni o‘rganish:
-
biznes-rejaning bu qismida tadbirkor, o‘z hamfikrlari va sarmoyadorlari bilan marketing
rejasining asosini tashkil qiluvchi masalalarni bayon qilishi kerak. Bu qism nihoyatda muhim bo‘lib,
uning tafsiloti tadbirkorlar, dehqon va fermerlar uchun istiqbol reja va
bajaradigan ishlarda dastur
vazifasini o‘taydi. Ularg‘a quyidagilar kiradi:
-
tovar mahsulotini iste'molchiga yetkazish usuli va yo‘llari;
-
narx-navo tizimi;
-
tovar mahsulotini tashvikot (reklama) qilish yo‘llari;
-
tovar mahsuloti sotilishini rag‘batlantirish yo‘llari;
-
tovar mahsulotini olganlarga xizmat ko‘rsatish;
-
korxona va tovar mahsulotining obro‘-e'tibori (imidj) haqida istemolchilar va keng omma
o‘rtasida ijobiy fikr uygotish.
Yukorida qayd qilingan har bir masala bo‘yicha ijara va oila pudrati jamoalari, dehqon va
fermerlar quyidagilarni bilishlari lozim. Birinchidan, mahsulotlar
qaysi usulda sotiladi, o‘z
do‘konlarida-mi? yoki boshqalar orqalimi? Ikkinchidan, mahsulot narxi nimaga asoslanib belgilanadi,
ketgan xarajatlarni qoplash uchun qaysi darajada foyda ko‘rish yetarli? Uchinchidan, mahsulotlarni
tashvikot qilishni qanday tashkil qilish mumkin va bunga qancha mablag ajratiladi? To‘rtinchidan,
mahsulot sotish qanday yo‘llar bilan kengaytiriladi: sotuvchilar sonini ko‘paytirib-mi? yoki yangi
bozorlar topish hisobigami? Beshinchidan, mahsulot va korxona haqida iste'molchilar o‘rtasida obro‘-
e'tibor, yaxshi fikr paydo qilish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqchi?
Bu to‘g‘rida xorijiy davlatlar tadbirkorlari, dehqon va fermerlari tajribasini o‘rganish zarur.
Dostları ilə paylaş: