Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Tarmoq mahsulotlari bozorini tahlil



Yüklə 5,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/234
tarix24.12.2023
ölçüsü5,27 Kb.
#191709
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   234
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Tarmoq mahsulotlari bozorini tahlil
etuvchi qismida, hududda, xo‘jalikda sotilgan, kelajakda 
sotilishi mumkin bo‘lgan mahsulot turlari, miqdori, sifati, bahosi to‘grisidagi ma'lumotlar batafsil 
ko‘rsatilishi lozim. Shu o‘rinda xo‘jalikning bozordagi o‘rni ko‘rsatilsa, yanada yaxshi bo‘ladi. U 
xo‘jalikda sotilgan mahsulot miqdorini shu hududda yoki tumanda sotilgan shunday mahsulot 
miqdoriga taqsimlab, 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Agarda bu ko‘rsatkich ortib borsa 
unda, xo‘jalikning bozordagi o‘rni rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Undan xo‘jalikning 
bozordagi mavqyei qanday o‘zgarayotganligini ko‘rish mumkin. Bu erkin bozor sharoitidagi eng 
muxim shartlardan biridir. Chunki bozorda o‘rni yuksalayotgan xo‘jalik raqobatbardosh hisoblanadi 
va u kelajakda samarali rivojlanadi. Shu qismda raqobatchilar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar, 
xo‘jalikning tashqi bozorga chiqish imkoniyatlari, masalan, paxta tolasini, qorako‘l terisini, sabzavot 
hamda bog‘dorchilik mahsulotlarini sotish bo‘yicha imkoniyatlar ham asoslangan xolda ko‘rsatilsa 
foydadan holi bo‘lmaydi. Lekin yuqoridagi masalalarga oid ma'lumotlar qishloq xo‘jalik 
korxonalarida e'lon qilinmaydi. Ma'lumotlar taqchilligi mavjud. Uni hal etish uchun esa Respublika 
radiosi, ro‘znomalari o‘z hissalarini qo‘shishlari lozim. Tadbirkorlar ma'lumotlarni birjalardan, 
ro‘znoma va oynomalardan, radio, televidenie xabarlaridan olishlari mumkin. 
Rejaning mazmuni kismida
xo‘jalik ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarning ichki va 
tashqi raqobatchilar mahsulotlaridan farqlari, afzalliklari (sifati, bahosi, xarajati va boshqa), 
tovarlarining belgilari, ularni sotish bo‘yicha mavjud bo‘lgan litsenziyalari hamda mahsulotlarni 
eksport qilish imkoniyatlari bo‘yicha ma'lumotlar to‘liq keltirilishi lozim. Masalan, xo‘jalik paxtaning 
ma'lum bir navini yetishtirish bilan shug‘ullansa, uni yuqoridagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshqa navlar 
bilan bir jadvalda taqqoslab berish kerak. Shunda ularning farqlari, afzalliklari yakkol ko‘rinadi. Shu 
qismda ishlab chiqarishning qanday joylashganligi, mahsulotlarni sotishga chiqarish imkoniyatlari 
to‘grisidagi ma'lumotlar keltirilishi kerak. Masalan, paxta qaerda yetishtiriladi va u qaerda qayta 
ishlanadi, ya'ni tolaga aylantiriladi. U joyning temir yo‘l, avtomobil yo‘li, havo hamda suv yo‘liga 
yaqin-uzoqligi, qulayligi ko‘rsatilishi zarur. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 
chakana va ulgurji savdo maskanlariga yaqinligi ham ko‘rsatilishi kerak. Rejaning shu qismida 


191 
xo‘jalikni kelajakda rivojlantirish uchun talab etiladigan kapital qo‘yilmalar va shular evaziga barpo 
etiladigan barcha turdagi ob'ektlar, ularning afzalligi va samaradorligini ifodalovchi ma'lumotlar ham 
keltirilishi lozim. Nihoyat, bu qismda rejaning bajarilishini ta'minlovchi asosiy omillar, yo‘llar 
ko‘rsatiladi. 

Yüklə 5,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin