202
- qarz oluvchining so‘mdagi mablag‘larini erkin almashinuvchi valyutaga konvertatsiya qilish
bo‘yicha ishlarni amalga oshirish. Ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun xom ashyo va materiallar
sotib olish maqsadida mablag‘larni konvertatsiya qilish, xujjatlarni tayyorlash, miqdoriy ko‘rsatkichlar
bo‘yicha hisob-kitoblarni tekshirish;
- xom ashyo sotib olish va tayyor mahsulotlarni sotish maqsadida marketing izlanishlarini
(tadqiqotlarini) doimiy ravishda olib borish. Mahsulotlarning omborda turib qolishi sabablarini
aniqlash va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- qarz oluvchining aylanma mablag‘lari holatini doimiy ravishda o‘rganish va uni bir maromda
saqlashi uchun chora-tadbirlar ko‘rish va hattoki, kreditlar berish.
Amaliyotda banklar tomonidan o‘z mijozlarini kreditlash hamisha
samarali natijalar bilan
yakunlanavermaydi. Ayrim hollarda korxonalarning o‘z biznes rejalarini nomukammal ishlab
chiqishlari va faoliyatini maqsadli amalga oshirmaganliklari, shuningdek boshqa turli sabablar
natijasida banklar tomonidan taqdim etilgan kreditlarning qaytarilish muammosi vujudga keladi.
Albatta, muammoli kreditlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi va ularni vujudga keltirishning o‘ziga
xos omillari mavjud bo‘ladi.
Muammoli kreditlarni keltirib chiqaradigan omillarning belgilari kuyidagilar hisoblanadi:
1. Kreditning mo‘ljallangan maqsadi bo‘yicha ishlatilmasligi.
2. Shartnoma, biznes-rejada, texnik-iqtisodiy asoslash va boshqa kredit xujjatlarida aks ettirilgan
jadvallarning amalga oshmasligi:
- moliyaviy-statistik hisobotni «uzatish» jadvalining amalga oshmasligi;
- sifatsiz asbob-uskunalar, xom ashyo va materiallarni o‘zlashtirish va raqobatbardosh bo‘lmagan
mahsulotlarni ishlab chiqarish.
3. Qarz oluvchining moliyaviy-iqtisodiy holatining yomonlashish tendensiyasi, shu jumladan:
- muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelishi;
- mahsulot sotilishining sustlashishi;
- qarz oluvchining faoliyatidagi rejalarida keskin o‘zgarishlar yuz berishi;
- qarz oluvchi holatining tarmoqlarda yoki sotish bozorida yomonlashishi.
4. Qarz oluvchining bank oldidagi majburiyatini bajara olmasligiga olib keluvchi «fors-major»
holatlarining vujudga kelishi, jumladan:
- qarz oluvchining ishlab chiqargan mahsuloti narxining pasayishiga sabab bo‘luvchi omillarning
kelib chiqishi;
- rahbariyat va mulkdorlar tarkibidagi radikal o‘zgarishlar oqibatida menejmentning
yomonlashuvi;
- mol yetkazib beruvchilarning xom ashyo va materiallarni o‘z vaqtida yetkazib bera olmasligi;
- qarzdorning biznes-hamkorlari ishonchsizligini ko‘rsatuvchi dalillarning vujudga kelishi.
Kreditlar muammoli bo‘lib qolgan paytlarda to‘rt bosqich asosida tashkiliy tadbirlar o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich. Agar qarz oluvchining vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklari tufayli loyihalar
amalga oshirilishida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar kuzatilsa, kuyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
a) bank bo‘limlarining ma'sul xodimlari bilan fikr almashishi;
b) quyidagi maqsadlarda xo‘jalik organlariga tashrif buyurish:
- loyihaning bajarilishini
baholash;
- qarz oluvchining rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazish;
- loyihaning rivojlanish muammolarini aniqlash;
- risklarni baholash;
- kreditni o‘zlashtirishning qolgan davriga loyihaning biznes rejasini (TIA) o‘rganib chiqish;
- korxona ishlab chiqarishni bir maromda tashkil etishi uchun qarz oluvchilar va manfaatdor
shaxslar o‘rtasida muzokaralar olib borish;
- muammoli kreditlarning hal etilishini tashkil etish maqsadida kredit komitetini jalb etish va ular
bilan muzokaralar olib borish.
Ikkinchi bosqich. Qarz oluvchining kredit yuzasidan muddati uzaytirilgan qarzlar bo‘yicha
majburiyati. Bu bosqichda ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagicha:
203
a) qarz oluvchining debitorlik majburiyatlari bilan ishlash. Bu ish qarz oluvchi faoliyatiga bog‘liq
hamma faoliyatlar tahlilini talab etadi. Majburiyatlar zanjiri tuziladi, bir-biriga bog‘liq majburiyatlar
qoplanishi sxemasi ishlab chiqiladi;
b) mijozning hisob-raqamlari yopiladi. Ta'sir ko‘rsatishning bu turi juda ehtiyotkorlik bilan
amalga oshiriladi, chunki bu qarz oluvchining aylanma mablag‘larini butunlay yo‘qotishiga olib
kelishi mumkin;
v) to‘lov muddatini uzaytirish. Kreditni uzaytirishni amalga oshirishda barcha moliyaviy-iqtisodiy
ko‘rsatkichlar
tahlili amalga oshiriladi, naqd pul bilan ta'minlanganlik tekshiriladi, biznes-reja ishlab
chiqiladi va materiallar loyihalar monitoringi boshqarmasiga beriladi.
Bu yerda o‘zgargan ko‘rsatkichlar yordamida yangi loyiha monitoringi rejasi ishlab chiqiladi va
xulosa bilan birgalikda loyiha bo‘yicha kredit komitetiga taqdim etiladi. Kredit anketasi tuziladi va
kredit portfeli monitoringi boshqarmasiga beriladi. Hisobotning hamma turlari va ma'lumotlar bazasi
bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Uchinchi bosqich. Xizmat ko‘rsatuvchi bank mutaxassilari, loyihalar
monitoringi boshkarmasi
xodimlari, loyiha ekspertlari, hokimiyat vakillari va boshqa manfaatdor shaxslar bilan birgalikda
korxonaning ishlab chiqarishni maromiylashtirish maqsadida tekshiriladi. Tegishli hollarda
korxonaning rahbarlarini o‘zgartirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
To‘rtinchi bosqich. Muddati uzaytirilgan majburiyatlarni qoplash maqsadida o‘tkaziladigan
monitoring garovga qo‘yilgan mulkni sotish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Vujudga kelgan muammoli kreditlarning yuqoridagi bosqichlar asosida hal etilish tamoyili
muammoli kreditlar bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlarning ijobiy natijasi, samarasini ta'minlashi
bilan o‘z ahamiyatini ko‘rsatib turadi. Lekin har bir investor yoki kreditlovchi
bank va tashkilotlar
o‘zlarining maqsadlari va faoliyat yo‘nalishi xusuiyatidan kelib, chiqib mustaqil tarzda o‘ziga xos
shakl va usul bo‘yicha muammoli kreditlarni hal etish chora-tadbirlarni tizimini ishlab chiqadilar.
Nazorat savollari:
1.
Monitoring mohiyati va ahamiyati nimadan iborat?
2.
Banklarda investitsiya loyihalari hayotiyligining monitoringini o‘tkazish shakllari.
3.
Banklarda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish monitoringini tashkil etish.
4.
Loyihani moliyalashtirishga qadar o‘tkaziluvchi monitoring.