194
Bugungi kunda respublikamizda har yili yuzlab loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirilmoqda.
Bu loyihalar davlat byudjeti mablag‘lari, xalqaro kredit liniyalari mablag‘lari hisobiga, biznes-fond va
byudjetdan tashqari fondlar, banklar, chet ellik va xususiy investorlar tomonidan moliyalashtirilar
ekan, albatta, bu mablag‘larning qaytarilishi va ma'lum miqdorda ularning foyda bilan ta'minlanishi
talab etiladi. Ushbu mablag‘larning muayyan foydasi bilan qaytishligini aniqlash, tekshirib borish va
tahlil qilib turish uchun kreditorlar tomonidan, shuningdek mol yetkazib beruvchilar, xususan, lizing,
sug‘urta kompaniyalari va kafillik beruvchi tashkilotlar tomonidan loyihalarning
monitoringi olib
boriladi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ham moliyalashtirilayotgan barcha loyihalar ustidan
monitoring olib borishning umumiy tizimi joriy qilingan.
Har bir moliyalashtiruvchi yoki kreditlashni amalga oshiruvchi tashkilotlar o‘zlarining faoliyat
turi va xususiyatlaridan kelib chiqib o‘zlariga xos bo‘lgan monitoring o‘tkazish tartibini ishlab
chiqadilar va shu asosda faoliyat yuritadilar.
O‘zbekistonda Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat ko‘mitasi
Moliya vazirligi bilan birgalikda 1998 yil 30 martda «Korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatini
tahlil etish va monitoringni yuritish tartibi» asosida monitoring mexanizmi yo‘lga qo‘yilagn. Ushbu
tartibga 1998 yil 19 avgustda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu tartibda monitoringning
qisqacha mazmuni keltirilgan. Ushbu tartibga ko‘ra, monitoring – bu loyihaning amalga oshirilishi
yuzasidan tizimli kuzatuv olib borishdir.
Monitoringning mazmuni «ko‘zgu» degan ma'noni anglatadi.
Monitoringni yuritishda kuyidagilar ko‘zda tutiladi.
1. Amalga oshirilmoqchi bo‘lgan loyihada nima ishlab chiqarish ko‘zda tutilganligi.
2. Ishlab chiqarish jarayonini boshidan oxirigacha kuzatib borish.
3. Ishlab chiqarish
korxonasining tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik jihatdan
asoslanishi va tashkil etilishi.
4. Loyihani moliyalashtirish manbalarini aniqlash va uni moliyalashtirishni amalga oshirish.
Monitoring olib borish bosqichlari bo‘lib kuyidagilar hisoblanadi:
- korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash;
- olingan ma'lumotlar asosida korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik holatini tahlil etish;
- tahlil natijalari bo‘yicha xulosalar qilish va takliflar berish.
Investitsiyalarni jalb etish va ularning monitoringi mexanizmi korxonalarining kredit resurslariga
bo‘lgan talabining
bankini shakllantirishda, investitsiyaviy jarayonning barcha ishtirokchilari bilan
o‘zaro hamkorlik mexanizmini, ularning kredit liniyalarini o‘zlashtirish jarayoniga ko‘shilishini, shu
jumladan investitsiyaviy davrning barcha bosqichlarida kredit liniyalari resurslaridan investitsiyaviy
loyihalarni amalga oshirish samaradorligini kuzatishni va baholashni ko‘zda tutadi.
Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish samaradorligi monitoringini o‘tkazishning
maqsadi
investitsiyalash jarayonining barcha darajalarini doimiy kuzatish hisoblanadi (ularning kengaytirilgan
vazifalari asosida):
- investitsiyaviy jarayonning barcha ishtirokchilari tomomnidan korxonalar loyihalarini
(takliflarini) investitsiyaviy davrning barcha bosqichlarida o‘tish muddatlariga amal qilish;
- investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni, shu jumladan, investitsiyaviy
davrning barcha
bosqichlarida jalb qilinayotgan chet el kredit liniyalari samaradorligini ta'minlashga ko‘maklashish.
Qo‘yilgan mablag‘larining yuqori samarasini ta'minlash korxonalar tomonidan investitsiyaviy
loyihalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish monitoringning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: