207
2.1-masala.
Faraz qilaylik Siz olti yil muddatga ega, 8%lik, 1 mln. so‘m qiymatga ega jamg‘arma
sertifikatini xarid qildingiz. Foizlar yillik hisoblanadigan bo‘lsa, shartnoma muddati tugagandan so‘ng
Siz oladigan pul qiymati qanchaga teng bo‘ladi?
yechim:
Pullarni o‘stirish formulasidan foydalangan holda, 1 mln. so‘mni 8%lik yillik foyda bilan, 6 yildan
keyingi qiymatini aniqlaymiz:
mln so‘m
1-ilovada keltirilgan moliyaviy jadval yordamida ham xuddi shunday natijaga ega bo‘lamiz.
Tekshirib ko‘ring.
2.2-masala.
Korxona moliyaviy menejeri Sizga uning korxonasiga 5 mln. so‘m miqdorida
investitsiya kiritish va 2 yildan so‘ng ushbu investitsiyani 6 mln. so‘m miqdorida qaytarib olishni taklif
etdi. Boshqa investitsiyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan holda, taklif etilgan variant foydasining foiz
stavkasini aniqlang.
yechim:
Pullarni o‘stirishning asosiy formulasidan foydalanamiz:
Bundan quyidagiga ega bo‘lamiz:
Bizning misolimizda:
Ravshanki, ushbu taklifni rad etish uchun Sizga kamida 9,55% ga teng bo‘lgan yillik foydani
taklif etish lozim bo‘ladi.
2.3-masala.
Sizga pullarni 5 yildan keyin ikki barobar ko‘paytirish mumkin bo‘lgan
investitsiyaviy taklif berishdi. Bunday investitsiyalar foydaliligining foiz stavkasi qanday?
To‘g‘ri javob: 14,87%
2.4-masala.
Korxona, narxi 8 mln. so‘mga teng bo‘lgan uskuna xarid qilmoqchi. Uch yildan keyin
ushbu xaridni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun, hozirgi kunda bankka qancha pul
qo‘yish lozim. Bank foiz stavkasi: a) 10%, b) 14%
Dostları ilə paylaş: