205
1. Loyihaning investitsiyaviy ehtiyojlari
Masalalar
1.1-masala.
Yangi ishlab chiqarishni tashkil etishga bo‘lgan kapital qo‘yilmalarning
davomiyligi 3
yilni tashkil etgan holda, yillar bo‘yicha taqsimlanish 50%, 25%, 25% ga teng. Bino,
inshoat va uskunalarga zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalar hajmi tegishli tarzda 250 mln. so‘m, 240 mln.
so‘m va 1700 mln so‘mga teng. Aylanma mablag‘larga bo‘lgan qo‘yilmalarning umumiy hajmi 80
mln. so‘m.
Quyidagilarni hisobga olgan holda:
-
qurilma va jihozlarga bo‘lgan xarajatlar tegishli tarzda uskunalar xarajatining 18% va 12%ini
tashkil etadi;
-
transport vositalariga bo‘lgan xarajatlar inshoat va uskunalar xarajatlarining 15%ini tashkil
etadi;
-
texnologiyalarni xarid qilish xarajati uskunalar xarajatining yarmiga teng.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital qo‘yilmalarning
umumiy hajmi va ularni yillar, hamda tuzilmaviy
tarkibi bo‘yicha taqsimlanishini aniqlang.
yechim:
Masala yechimi natijalarini taqdim etish uchun, yechim jarayonida to‘ldirib boriladigan quyidagi
jadvaldan foydalanamiz.
yechim quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1.
Birinchi
navbatda, kapital qo‘yilmalarning barcha keltirilgan tarkibiy qismlariga bo‘lgan uch
yillik umumiy qo‘yilmalar hajmini hisoblab chiqamiz. Bino, inshoat, uskuna va aylanma vositalarga
kiritiladigan qo‘yilmalarning hajmi berilgan. yetishmaydigan ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqamiz:
-
qurilmalarga bo‘lgan xarajatlar 1700 x 0,18 q 360 mln. so‘m;
-
jihozlash xarajatlari 1700 x 0,12 =204 mln. so‘m;
-
transport xarajatlari (1700 + 240) x 0,15=291 mln. so‘m;
-
texnologiya xarajatlari 1700 x 0,50 = 850 mln. so‘m.
Asosiy vositalarga qilinadigan barcha xarajatlar yig‘indisini hisoblaydigan bo‘lsak,
ushbu
ko‘rsatkich 3841 mln. so‘mga teng bo‘ladi.
1. Olingan va berilgan barcha ma'lumotlarni jadvalning yakuniy ustuniga kiritamiz.
2. Kapital xarajatlarning yillar bo‘yicha taqsimotini o‘tkazamiz. Taqsimlash jarayoni barcha
komponentlar uchun bir xil.
Misol uchun, asosiy vositalarga bo‘lgan umumiy qo‘yilmalar uchun
quyidagiga ega bo‘lamiz:
-
birinchi yilda 3841 x 0,50 = 1920 mln. so‘m,
-
ikkinchi yilda 3841 x 0,25 = 960,25 mln. so‘m,
-
uchinchi yilda 3841 x 0,25 = 960,25 mln. so‘m.
O‘xshash tarzda boshqa barcha
xarajatlarni taqsimlagan holda, jadvalni to‘ldiramiz va yakuniy
qiymatlarni hisoblab chiqamiz.
Masala yechimining yakuniy natijasini yuqoridagi jadval shaklida taqdim etish kerak.
Yillar
1 y.
2 y.
3 y.
Jami
Dostları ilə paylaş: