2.1.11-masala. Murakkab foiz stavkasi 20%ga teng. Beshinchi yil uchun diskontlash
koeffitsientini hisoblang.
To‘g‘ri javob: 0,402 2.1.12-masala. Besh yillik davrning har bir yili uchun diskontlash koeffitsientini hisoblang.
Diskontlash stavkalari quyidagicha: a) 10%; b) 20%.
To‘g‘ri javob: a) (0,909; 0,826; 0,751; 0,683;0,621;). b) (0,833; 0,694; 0,579; 0,482; 0,402) 2.1.13-masala. Uchinchi yil uchun diskontlash koeffitsienti 0,658ga teng. Foiz stavkasini
toping.
To‘g‘ri javob: 15% 2.1.14-masala. 4 yildan so‘ng 20 mln.so‘m to‘lanishi kerak. Yiliga 10%ga teng bo‘lgan
murakkab stavkani hisobga olgan holda, pullarning zamonaviy qiymatini toping.
To‘g‘ri javob: 13,66 mlrd. so‘m. 2.1.15-masala. 400 mln so‘mga, murakkab foiz bo‘yicha yiliga 15%lik stavkada 1 yil
davomida foiz to‘lanadi. Foiz to‘lovlarining quyidagi holatlari uchun orttirilgan summani hisoblang: a)
yillik; b) choraklik.
To‘g‘ri javob: a) 460 mln. so‘m; b) 463,46 mln. so‘m. 2.1.16-masala. Inflyasiyaning o‘rtacha oylik ko‘rsatkichi 10% deb prognoz qilingan bo‘lsa.
Inflyasiyaning yillik sur'atini toping.
To‘g‘ri javob: 213,8% 2.1.17-masala. Inflyasiyaning yillik sur'ati 120%ga teng bo‘lsa. Inflyasiyaning o‘rtacha
choraklik sur'atini toping.
To‘g‘ri javob: 21,8% 2.1.18-masala. Kreditor ssuda berish orqali yiliga 8%lik real daromad olishni rejalashtirgan.
Yillik inflyasiya sur'ati 10%ga teng bo‘lsa. Kredit bo‘yicha foiz stavkasini toping.
To‘g‘ri javob: 18,8% 2.1.19-masala. Inflyasiyaning o‘rtacha oylik sur'ati 4%. Yillik nominal stavka – 60%,
murakkab foizlar har chorakda hisoblanadi. Samarali real stavka qiymatini toping.