To‘g‘ri javob: 144 kun 2.2.6-masala. 1, 2 va 3 yildan keyin to‘lanishi lozim bo‘lgan 3, 5 va 10 mln. so‘m pul, 16 mln.
so‘mga teng bo‘lgan to‘lov bilan almashtirildi. Hisob-kitoblarda 10% yillik murakkab stavkadan
foydalangan holda, umumlashtirilgan to‘lov muddatini aniqlang.
To‘g‘ri javob: 1,13 yil 2.2.7-masala. Boshlang‘ich shartnoma bo‘yicha 4 yildan keyin 500 mln. so‘m to‘lanishi kerak
edi. Ushbu sharoitlar quyidagicha o‘zgartirildi: birinchi ikki yildan keyin 300 mln. so‘m to‘lash;
qolgan summani keyingi uch yildan keyin to‘lash. Hisob-kitoblarda 10% yillik murakkab stavkadan
foydalangan holda, qolgan summani toping.
To‘g‘ri javob: 150,7 mln. so‘m 2.2.8-masala. Boshlang‘ich majburiyat bo‘yicha 20 mart kuni 500 ming so‘m, 25 avgustda esa
300 ming so‘m to‘lash lozim. Ushbu majburiyat qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng 5 may kuni 400 ming
so‘m, qolgan summani esa 25 sentyabrda to‘lashga kelishildi. Hisob-kitoblarda 40% yillik oddiy
stavkadan foydalangan holda, to‘lanishi lozim bo‘lgan qolgan summani toping. Barcha to‘lovlar oxirgi
to‘lov sanasiga olib kelinsin.
To‘g‘ri javob: 450,4 min so‘m. 2.2.9-masala. Tadbirkor hamkoriga 3 oydan so‘ng 100 ming so‘m, 5 oydan so‘ng yana 200
ming so‘m va 7 oydan so‘ng yana 150 ming so‘m to‘lashi kerak. Tadbirkor barcha to‘lovlarni
birlashtirgan holda 470 ming so‘m to‘lashni rejalashtirgan bo‘lsa, ushbu to‘lov amalga oshirilishi
lozim bo‘lgan muddatni toping. Hisob-kitoblarda 45% yillik murakkab foiz stavkasidan foydalaniladi.
To‘g‘ri javob: 6,57 oydan so‘ng. 2.2.10-masala. Korxona yetkazib beruvchiga quyidagi summalarni to‘lashi lozim: 3 oydan
keyin 3 mln. so‘m, 4 oydan keyin 2 mln. so‘m va 6 oydan keyin yana 3 mln. so‘m. Keyinchalik har
ikkala tomon to‘lovlarni birlashtirish va 5 oydan keyin bitta to‘lovni amalga oshirishga kelishishdi.
30% yillik oddiy foiz stavkasi bo‘yicha hisoblaganda, ushbu to‘lov kattaligini toping.