To‘g‘ri javob: 281 ming so‘m. 2.1.3-masala. 2.1.2-masala shartida birinchi yil 12%, ikkinchi yil 14%, uchinchi yil 15%ga
teng bo‘lgan murakkab foiz stavkasi amal qilgan taqdirda, uch yildan keyin hisob-raqamida mavjud
bo‘ladigan pul miqdorini hisoblang.
To‘g‘ri javob: 293,7 ming so‘m. 2.1.4-masala. Boshlang‘ich summani uch marta ko‘paytirish uchun, yiliga 10%lik murakkab
stavka bo‘yicha, necha yil kutish kerak?
To‘g‘ri javob: 11,56 yil 2.1.5-masala. Yiliga 20%lik murakkayu foiz stavkasi bo‘yicha, boshlang‘ich summani to‘rt
marta ko‘paytirish uchun necha yil kutish kerak?
To‘g‘ri javob: 7,6 yil. 2.1.6-masala. Boshlang‘ich summa 3 yildan keyin 6 marta ko‘payishi uchun, pul
qo‘yilmalariga murakkab foiz stavkasi bo‘yicha qanday stavkada qo‘llanilishi kerak?
To‘g‘ri javob: 81,7% 2.1.7-masala. Besh yildan keyin pul qo‘yilmasi miqdori 800 ming so‘mga yetdi. Ushbu davr
mobaynida to‘langan murakkab foizlar summasi 250 ming so‘mni tashkil etdi. Foiz stavkasi kattaligini
toping.
To‘g‘ri javob: 7,78% 2.1.8-masala. Pullar 15%lik murakkab foiz stavkasida, foizlar har chorakda to‘lanish sharti
bilan qo‘yilgan bo‘lsa, 400 mln. so‘m 2 yildan so‘ng qanchaga yetadi.
To‘g‘ri javob: 536 mln. so‘m. 2.1.9-masala. Kredit o‘tkazmasining birinchi 2 yiliga murakkab foizlarning 10%lik stavkasi
belgilangan, keyingi uch yilda bu ko‘rsatkich 12%ga teng bo‘lgan. Butun davr davomidagi o‘stirish
koeffitsientini toping.
To‘g‘ri javob: 1,7. 2.1.10-masala. Foizlarning har chorakda to‘lanishida yillik nominal stavka 20%ga teng bo‘lsa,
samarali stavka ko‘rsatkichini hisoblang.
To‘g‘ri javob: 21,6%.