Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


 Biznes rejani tayyorlash



Yüklə 5,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/234
tarix24.12.2023
ölçüsü5,27 Kb.
#191709
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   234
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

5.4. Biznes rejani tayyorlash 
Tadbirkorlik bilan shugullanuvchi xo‘jalik, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lganidan so‘ng 
samarali faoliyat yuritish maqsadida o‘z biznes rejasini tuzishi zarur. Biznes reja avvaldan faoliyat 


190 
ko‘rsatayotgan hamda yangidan tashkil etilayotgan xo‘jaliklarniig hammasida tuziladi. U xo‘jalikning 
bir yillik faoliyati bo‘yicha yoki ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha alohida tuzilishi mumkin. 
Biznes rejaning asosiy maqsadi xo‘jalikdagi barcha vositalardan oqilona foydalanish natijasida 
uning rivojlanishini hamda samaradorligini ta'minlashdir. 
Maqsadni hal etish uchun rejada ichki va tashqi talablarni e'tiborga olgan holda qanday mahsulot 
ishlab chiqarish hamda xizmatlarni bajarish kerakligini aniqlab olish tadbirlari tuziladi: 
-
qancha mehnat, mablag va boshqa vositalar talab etilishini rejalashtirish, ularni olish manbalari 
va yo‘llari; 
-
mavjud bo‘lgan barcha vositalardan to‘la va samarali foydalanish tadbirlari; 
-
ishlab chiqariladigan mahsulotlarni qaerda, kimlarga, qachon va qanday tartibda sotish va 
taqsimlash tadbirlari; 
-
amalga oshiriladigan barcha xarajatlar (yo‘nalishlari bo‘yicha), mahsulot sotishdan, xizmat 
ko‘rsatishdan olinadigan pul daromadlarini, foydalarni, ularning taqsimlanishini aniq, ifodalovchi 
hisob - kitoblar bo‘lishi kerak. 
Biznes reja oldiga qo‘yilgan talabdan kelib chiqqan holda, uning tarkibi yukorida qayd etilgan 9 
qismdan tashkil topgan bo‘lishi maqsadga muvofikdir: 
Biznes rejaning mazmuni, tuzilish tartibi. 
Biznes rejaning titul varag‘ida xo‘jalikning nomi, manzili, ta'sischilarning ismi-sharifi, manzili, 
telefoni, faksi bir betda joylashtirilishi zarur. 
Kirish qismida
rejalashtirilayotgan xo‘jalik faoliyatining holati, hududdagi o‘rni, ahamiyati va 
samaradorligi aniq ma'lumotlar yordamida ko‘rsatilishi lozim. Shuningdek unda mahsulot ishlab 
chiqarish texnologiyasi, mahsulotlar assortimenti, ularning miqdori, sotilishi, umumiy mulki va 
mablag‘i, ishchi-xizmatchilarning umumiy soni hamda raqobatchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlar o‘z 
aksini topishi kerak. Bu qismning mazmuni ishonchli bo‘lishi kerak. Chunki u sarmoyachilar 
e'tiborini o‘ziga jalb eta bilishi lozim. 

Yüklə 5,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin