319
Diskont firmasi -
qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari bo‘yicha mijozlarga
operatsiya xizmati
ko‘rsatishni ta'minlovchi firma
Diskontlangan -
vaqtga ko‘ra taqqos-lanadigan o‘lchamlarga keltirilgan;
hisobga olingan,
chegirmali
Dotatsiya -
(hadya, ehson) davlat yoki mahalliy byudjetdan qaytarib bermaslik sharti bilan
mablag‘
ajratish; iqtisodiyotga byudjet orqali ta'sir etish vositalaridan biri. Faoliyati umumdavlat
ahamiyatiga molik, lekin o‘z daromadi bilan xarajatlarini qoplay olmaydigan korxona va tashkilotlarga
davlat dotatsiya bilan madad beradi. Dotatsiya umumiy va maqsadli bo‘ladi.
Umumiy dotatsiya
ajratilganda mablag‘ mahalliy byudjetlarga beriladi, uni ishlatish mahalliy
hokimiyat ixtiyorida va
unga markaz aralashmaydi. Maqsadli dotatsiya berilganda uni mo‘ljallangan maqsad uchun sarflash
majburiy va buni davlat nazorat qiladi.
Joriy qiymat
- bir-biriga qaram bo‘lmagan
xabardor, sotib olishni xohlagan xaridor bilan
xabardor, sotishni xohlayotgan sotuvchi o‘rtasida aktiv almashtiriladigan miqdor.
Joriy qiymat
- ma'lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha
asosiy vositalarning
qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni
amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida
bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lgan
summa.
Dostları ilə paylaş: