24
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish,
kеrakli ma'lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, intеrnеt tarmoqlaridan foydalanib
ma'lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda
ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma'ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda
olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.
Shuning uchun ham mustaqil ta'limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tеkshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan,
konspеktlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tеkshirish va baholash esa ma'ruza darslarini olib
boruvchi o’qituvchi tomonidan qar darsda amalga oshiriladi.
“Invеstitsiyalash va loyihaviy tahlil” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini
hamrab olgan va quyidagi 7 ta katta mavzu ko’rinishida shakllantirilgan.
Dostları ilə paylaş: