34
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
“QISHLOQ XO‘JALIGIDA MENEJMENT” KAFEDRASI
“QISHLOQ XO‘JALIGIDA INVESTITSION JARAYONLARNI BOSHQARISH”
o‘quv kursi bo‘yicha
MA'RUZALAR MATNI
“Qishloq xo‘jaligida investitsion jarayonlarni boshqarish» fani bo’yicha kengaytirilgan ma'ruzalar
matni namunaviy dastur asosida yozilgan va undagi mavzular bo’yicha tushunchalar
va fikrlar fanni
qisman o’zlashtirishga imkon beradi.
Ma'ruzalar matni bakalavrlar, magistrlar, aspirantlar, ilmiy hodimlar va o’qituvchilarning
foydalanishlari uchun mo’ljallangan.
Tuzuvchilar:
N. Mardiev – dotsent, iqtisod fanlari nomzodi
G‘aybullaev O.B - assistent
Taqrizchilar:
36
Kirish
Investitsiyalar - iqtisodiyotni taraqqiyot tomon harakatini ta'minlovchi kuch ekanligi, har qanday
iqtisodiy nazariya uchun aksioma hisoblanadi.
Har bir davlat, birinchi navbatda moddiy ishlab
chiqarish sohasiga, milliy va chet el investorlarini kirib kelishi uchun butun kuchini sarflashi lozim.
Ushbu maqsadni kozlagan holda muayyan investitsion siyosat ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi,
tegishli investitsion muhit shakllantiriladi. Mustaqil O’zbekistonda uzluksiz amalga oshirilayotgan
iqtisodiy
islohotlar, tarmoq va sohalar rivojlanishidagi yutuqlarga erishish, integratsion jarayonlarni
rivojlanishi va iqtisodiy o’sishni ta'minlashni nazarda tutadi.
Har bir korxona faoliyatining muhim sohalaridan biri bo’lib, uzoq vaqt davomida korxonaga
daromad keltirishi nazarda tutilgan,
investitsion operatsiyalar, ya'ni, biror loyihani amalga oshirish
uchun pul mablag`lari kiritish bilan bog`liq operatsiyalar, hizmat qiladi. Bunday loyihalarning
natijalari quyidagicha bo’lishi mumkin: bozor talabini qondirish uchun muayyan mahsulot ishlab
chiqarish; yanada zamonaviy uskuna va texnologiyalardan
foydalanish asosida, mahsulot ishlab
chiqarish jarayonini takomillashtirish; ishlab chiqarish resurslaridan oqilona (tejamkor) foydalanish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilash; ekologik xavfsizlikni oshirish; turli xil xizmatlarni
ko’rsatish, shu jumladan konsultatsion (maslahat), axborot, ijtimoiy va hokazo.
Har bir investitsiyaviy loyihani iqtisodiy baholash, bozor faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini,
xususan loyihani tavsiflovchi ko’pgina ko’rsatkichlarning o’zgaruvchanligi, so’nggi natijaga erishish
noaniqligi, loyiha ishtirokchilari manfaatlarining sub'ektivligi, va bularning
oqibatida loyihani
baholash mezonlari ko’pligini, hisobga olishi lozim.
Investitsiyaviy loyihani iqtisodiy baholashda, uning quyidagi dinamik tavsiflarini e'tiborga olish
lozim:
- ishlab chiqarilayotgan tovar talabidagi mumkin bo’lgan o’zgarishlar va tegishli tarzda ishlab
chiqarish hajmlarining o’zgarishi;
- ishlab chiqarish hajmlarini oshirish jarayonida, ishlab chiqarish xarajatlarining rejalashtirilgan
pasayishi;
- iste'mol qilinayotgan resurslar narxlarining kutilgan o’zgarishlari;
- har bir davrdagi investitsiyalar uchun moliyaviy manbalarga ega bo’lish imkoniyati.
Korxona o’z tovarini etkazib berish hajmlarini oshirar ekan, ushbu tovar narxining tushib ketishi
kabi bozor ta'sirini oldini olishi lozim. Ayrim ishlab chiqarish resurslariga bo’lgan talabning oshishi,
ularning narxi oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Raqobatdosh korxonaning kelajakdagi ilmiy-
texnik yutuqlari, korxona tomonidan bugun o’zlashtirilayotgan mahsulot sifatini yo’qqa chiqarishi
mumkin. Shuning uchun ham investitsiyaviy loyihalar uchun quyidagi qoida amal qiladi.
Investitsiyaviy loyiha ko’rsatkichlarining istiqbolda ro’y berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlari,
prognoz qilinishi va yetarlicha uzoq vaqtni qamrab oladigan iqtisodiy hisob-kitoblarga kiritilishi lozim.
Prognoz baholaridan foydalanish har doim ob'ektiv tarzda tavakkalchilik bilan bog`liq bo’ladi.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, investitsiyaviy loyihalarning turli tavsiflari
turlicha aniqlik bilan
prognoz qilinishi mumkin. Odatda kelajakdagi xarajatlarni baholashdagi xatolar, loyihani amalga
oshirish muddatlarini belgilashdagi xatolarga nisbatan pastroq. Loyihani amalga oshirishni boshlash
to’g`risida qaror qabul qilishda tavakkalchilik darajasi turlicha bo’lishi mumkin. Tavakkalchilikning
yo’l qo’yiladigan darajasini belgilash har bir korxona uchun strategik muhim hisoblanadi.
Shuni
aniq bilib olish kerakki, tavakkalchilik har doim mavjud va undan qochib qutulib
bo’lmaydi. Tavakkalchilik turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin. Misol uchun, foydali
qazilmalarni qazib olish sohasida loyihani amalga oshirish texnologik jihatdan mumkin emasligi
shaklida, ilmiy-tehnik loyihalar uchun g`oyalarni samarasiz yoki eskirganligi shaklida, qishloq xo’jalik
loyihalari uchun ob-havo sharoitlarini noqulay kelishi ehtimoli shaklida va hokazo.
Investitsiyaviy loyihaning
amaldagi samaradorligiga, mamlakat iqtisodiyotida ro’y berishi
mumkin bo’lgan inflyatsion jarayonlar ham o’z ta'sirini ko’rsatadi, ularni hisobga olish ayniqsa
dolzarbdir.
37
Investitsiyaviy loyihalar murakkabligi va ularning majmuaviy xarakteri shunga olib keladiki,
loyiha amalga oshirishning barcha sharoitlari va tavsiflarini rasmiy shaklda to’liq hisobga olish
mumkin bo’lmaydi. Shu bilan birga loyiha ishtirokchilari manfaatlarining o’zaro
mos kelmasligi,
investitsiyaviy loyihalarni iqtisodiy baholashda bir nechta mezonlardan foydalanish zarurligiga olib
keladi. Ushbu ishda investitsiyalarni kiritish va investitsiyaviy loyihalar samaradorligini hisoblash,
hozirgi kunda mavjud va keng tarqalgan barcha uslublar yordamida atroflicha bayon etilgan.
Dostları ilə paylaş: