41
- qo‘shma korxona ko‘rinishida mahalliy va chet el fuqarolari, huquqiy shaxslar va davlatlar
bilan hamkorlikda.
Mulkchilikni turli shakllarini rivojlanishi, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni yo‘lga qo‘yilishi,
jahon iqtisodiy aloqalari taraqqiy etishi, qo‘shma korxonalarni iqtisodiyotni
barqarorlashtirishda roli
ortishi, investitsiya faoliyatini to‘la tashkil etish uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlarni yaratadi.
Mulkchilikning turli shakllari vujudga kelishi, o‘z navbatida tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el
kapitalining kirib kelishi investitsiya faoliyatini tashkil etish yo‘nalishlarini ham aniqlab beradi.
Investitsiya faoliyati to‘rt asosiy yo‘nalishlarda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda, turli xil
mulkdorlar tomonidan olib boriladi. Investitsiya faoliyatini tashkil etishning bu yo‘nalishlari o‘z
navbatida bir nechta tip va shakllarda amaliyotga tatbiq etiladi.
Samara yoki daromad keltiradigan mulkiy va intellektual boyliklar, ya'ni investitsiyalar quyidagi
shakllarda bo‘lishi mumkin:
1.
Pul mablag‘lari, banklardagi maqsadli jamg‘armalar, paylar, aksiyalar va boshqa
qimmatbaho qog‘ozlar;
2.
Harakatdagi va harakatda bo‘lmagan mulklar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar hamda
boshqa moddiy boyliklar);
3.
Mualliflik huquqi, nou-xaulardan tashkil topgan mulkdorlik huquqlari va boshqa intellektual
boyliklar;
4.
yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari hamda mulkchilik huquqlari;
5.
Boshqa boyliklar.
Investitsiyalarning qayd etilgan turlari va shakllari asosida tadbirkorlik,
ishbilarmonlik va
boshqa davlat tomonidan taqiqlanmagan faoliyatlarni barcha investorlar tomonidan amaliy ravishda
yo‘lga qo‘yish, mablag‘lar sarflash va ularni amaliyotga tatbiq etish chora tadbirlarining yig‘indisi
investitsiya faoliyatini anglatadi. Bozor iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini fuqarolar, huquqiy
shaxslar (korxonalar, firmalar, aksioner jamiyatlari va boshqa tipdagi mulk egalari) va davlat yuritadi.
Investitsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yishda har bir mulk egasi, birinchi navbatda o‘z manfaatini ko‘zlab
yagona maqsadga, ya'ni foyda olish va samaraga erishishni rejalashtiradi.
Bozor sharoitida investitsiya faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish jismoniy, huquqiy
shaxslarni va davlatni, foyda olish maqsadida tadbirkorlik, ishbilarmonlik va boshqa faoliyatlarini
qaytadan tiklashga qaratilgan. Bu boradagi asosiy maqsad investitsiya
faoliyatini tashkil etib
iqtisodiyotni inqirozdan olib chiqish, uni barqarorlashtirish, dunyo bozoriga kirib borish, jahon
xo‘jalik aloqalarini mustahkamlash va aholi turmush darajasini yaxshilashdir.
Bozor iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini moliyalashtirish investorlar tomonidan moliyaviy
resurslarni jalb etish yo‘li bilan kreditlar evaziga, muomalaga, qonunchilikda belgilangan holda
qimmatli qog‘ozlar va zayomlar chiqarish hisobiga olib boriladi. Davlat
mulkini xususiylashtirish
tufayli mamlakat miqyosidagi manbalar tarkibida mablag‘lar kamayib borishi kuzatilmoqda.
Aksincha, turli mulk egalarining mablag‘lari, yangidan tashkil etilayotgan fondlarni ulushi, chet el
investitsiyalarining miqdori ortib boradi. Albatta, bu borada har bir mamlakatning investitsiya siyosati
hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Investitsiya manbalarini tashkil etishda mamlakat iqtisodiyotining
barqarorligi, milliy valyuta birligini konvertrlanishi, tashqi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi,
aholi ehtiyojini ishlab chiqarish hisobiga qondirilishi va boshqalar muhim rol o‘ynaydi.
Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishning muhim yo‘nalishida qulay sharoitlar yaratishga
qaratilgan. Avvalambor, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik
jihatdan takomillashtirish,
yangilik va ixtirolarni tatbiq etish asosida ijtimoiy talablarni qondirishga qaratilgan. Bu borada
muvofiqlashtirishni tashkil etish investitsiya faoliyatini sharoitlarini aniqlash yo‘li bilan davlat
investitsiyalarini boshqarish bilan birga olib boriladi. Davlat tomonidan investitsiya faoliyati
sharoitlarini muvofiqlashtirish bir qator chora va tadbirlarni qo‘llash va hayotga tatbiq etish negizida
amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi.
Hujjatda ko‘rsatilgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
42
-
soliqlar tizimini qulaylashtirish. Soliq sub'ektlari, ob'ektlarini hamda uning miqdorlarini
tabaqalash va yengilliklar berish;
-
amortizatsiya siyosatini tubdan o‘zgartirish, shu jumladan asosiy fondlar amortizatsiyasini
tezlashtirish (iqtisodiyot sohalari, ba'zi tarmoqlari, asosiy fondlarning qismlari, asbob-uskunalar turlari
bo‘yicha tabaqalashgan holda amortizatsiya yangiliklari o‘rnatiladi);
-
ayrim mintaqalar, tarmoqlar, ishlab chiqarishlarni rivojlantirish uchun dotatsiyalar,
subsidiyalar, subvensiyalar, byudjet ssudalari orqali moliyaviy yordam ko‘rsatish;
-
kredit siyosatini, davlat me'yori va andozalarini, yakka hokimlikka qarshi tadbirlarini amalga
oshirish. Davlat mulkini, shu jumladan tugatilmagan qurilishlarni xususiylashtirish (davlat tasarrufidan
chiqarish) hamda baholarni tashkil etish siyosati;
-
yer hamda boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish shart- sharoitlarini aniqlash;
-
investitsiya loyihalarini tekshiruvdan o‘tkazish.
Bugungi kunda yuqorida qayd etilgan chora va tadbirlarni hayotga
tatbiq etish maqsadida
respublikada bu borada bir necha qonunlar qabul qilindi. Afsuski, investitsiya faoliyatini to‘la-to‘kis
ravishda muvofiqlashtirishni ma'lum ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko‘ra joriy etilishi qiyin
bo‘lmoqda. Ayniqsa, inflyasiya kuchaygan davrda hamda yangi banklar tizimi vujudga kelayotgan
jarayonda kredit siyosatini bozor munosabatlariga moslashishi og‘ir bo‘lmoqda. Mustaqil
mamlakatimiz o‘z kredit siyosatini yuritish bo‘yicha tajribasizligi hamda uni amalga oshirish,
iqtisodiyotni zaiflashgan bir davriga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan deyarli ta'sir ko‘rsatganicha yo‘q.
Moliya siyosatini yurgizishda, shu jumladan, soliqlar tizimini takomillashtirishda ham anchagina ishlar
qilinishi lozim. Bozor munosabatlari rivojlanayotgan davrda, investitsiya loyihalarini ekspertizalash
sohasida ham tajriba yo‘qligi tufayli ko‘zlangan samaraga erishish to‘la-to‘kis ta'minlanganicha yo‘q.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda ham anchagina muammolar yechilishi lozim. Respublikamizda
investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishda davlatning e'tibori birinchi navbatda qayd qilingan
muammolarni bartaraf etishga qaratilishi zarur.
Investitsiyalar yo‘nalishlarini aniqlashda mavjud bo‘lgan vaziyatni hisobga olish, O‘zbekiston
iqtisodiyotini
qayta qurish, chet mamlakatlar bilan aloqalar mustahkamlanishi, jahon bozoriga o‘z
mahsuloti bilan chiqishni asosiy masala qilib olish lozimdir. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish masalasi
investitsiya faoliyatini tashkil qilishni mavjud moddiy va moliyaviy resurslar bilan bog‘langan holda
olib borishni talab qiladi va ishlab chiqarish investitsiyalarini eng zarur bo‘lgan tarmoqlarni
rivojlantirishga qaratilishini taqozo etadi. Bu borada ayniqsa, paxtachilik bilan bog‘liq bo‘lgan va
tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarni rivojlantirishga e'tiborni kuchaytirish zarurdir.
O‘zbekiston sharoitida investitsiyalar yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga hamda namunaviy
mashina, asbob-uskunalarni kirib kelishiga qaratilishi juda ham samaralidir.
Iqtisodiyotni inqirozdan chiqarishda uni barqarorlashtirishda hamda yuksak darajada
rivojlantirish hayotiy masala investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishda quyidagi savollarga javob
berishdir: Kapital qo‘yilmalar siyosati qanday olib borilishi lozim; davlat korxonalari va tashkilotlari
tomonidan investitsiyalar qanday hajm va nisbatlarda o‘zlashtirilishi kerak; boshqa mulkchilik
shakllaridagi korxonalar investitsiyalarini nimalarga qaratishi kerak; chet el
investitsiyalari birinchi
navbatda qaysi tarmoqlarga qanday kirib kelishi zarur va boshqalar.
Investitsiya faoliyatini amalga oshirishni muhim shartlaridan biri muomalada bo‘lgan pul
birligining qadrsizlanishini oldini olishdir. Investitsiya faoliyatidan olinadigan samarani ko‘paytirish
maqsadida investitsiyalar hajmini, yo‘nalishlarini va manbalarini aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shu bilan birgalikda yangi moliyalashtirish, kredit bilan ta'minlash, bahoni tahlil qilish, soliqqa tortish
tizimlarini takomillashtirishdir. Tarkibiy o‘zgarishlarni o‘tkazish maqsadida chet el investorlari uchun
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni yaratish, ularni qo‘yilmalarini davlat tomonidan sug‘urtalash,
turli imtiyozlar berish muhim hisoblanadi.
Bozor infratarkibi rivojlanishi investitsiyalar bozorini tashkil etilishiga olib keladi. Bu esa o‘z
navbatida davlatning markazlashgan kapital qo‘yilmalar siyosatiga o‘zgarishlar kiritadi. Turli