Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar



Yüklə 5,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/234
tarix24.12.2023
ölçüsü5,27 Kb.
#191709
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   234
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

1.
 
INVESTITSIYALARNING MOHIYATI VA ULARNING 
IQTISODIY AHAMIYATI. 
 
Tayanch 
iboralar: 
investitsiyalar, 
tavakkalchilikli 
investitsiyalar, 
to’g`ridan-to’g`ri 
investitsiyalar, portfel investitsiyalar, annuitet, uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar, investitsiyalash 
manbalari, investitsiyaviy faoliyat ob'ekti va sub'ektlari, investitsiyalash tamoyillari. 
1.1.Investitsiyalarning mohiyati va shakllari 
«Investitsiya» atamasi, lotincha «invest» so’zidan olingan bo’lib, «qo’yilma» ma'nosini bildiradi. 
Yanada kengroq ta'rif beriladigan bo’linsa, investitsiyalar - bu kapitalni yanada ko’paytirish maqsadida 
amalga oshiriladigan kapital qo’yilmalardir. Bunda kapitalning ko’payishi, investor mavjud mablag`lar 
iste'molidan voz kechganini kompensatsiyalashi, tavakkalchilik uchun mukofotlashi va ushbu davrdagi 
inflyatsion yo’qotishlarni qoplash uchun yetarli bo’lishi kerak. 
O’zbekiston Respublikasining «Investitsiyaviy faoliyat to’g`risida»gi qonunida, «investitsiyalar» 
tushunchasi «iqtisodiyot yoki boshqa faoliyat ob'ektlariga kiritilayotgan moddiy va nomoddiy 
boyliklar va ularga egalik qilish huquqi» deb izohlangan. 
Makroiqtisodiy darajada, investitsiyalar deganda, ishlab chiqarish vositalarini qayta ishlab 
chiqarish, uy-joy jamg`armasi va tovar zaxiralari o’sishini, ya'ni YAIMning joriy davrda iste'mol 
qilinmasdan, uni yanada ko’paytirishga yo’naltirilgan qismini nazarda tutadi. 
Mikrodaraja va ishlab chiqarish nazariyasiga ko’ra, investitsiyalar deganda yangi kapital, shu 
jumladan ishlab chiqarish vositalari va intellektual salohiyat, qayta ishlab chiqarishni tashkil etish 
jarayoni tushuniladi. 
Iqtisodiyot bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori U.F.SHark (1990 y.) «investitsiyalash» 
atamasiga quyidagicha izoh beradi: «Ertaga daromad olish maqsadida, bugun pul sarflash», ya'ni 
investitsiyalarning mohiyati shundaki ular kapital harakati jarayoniga jalb qilingan. Ushbu kapital 
harakati natijasida olingan daromad nafaqat investorning barcha xarajatlarini qoplashi, balki unga 
tavakkalchilik uchun mukofot olib kelishiham lozim. 
Demak, investitsiyalar - bu kelajakda iloji boricha ko’p va samaraliroq foydalanish maqsadida 
«olib qo’yiladigan» boyliklardir. Ularning bir qismini joriy davrda foydalanilmagan va zaxiraga olib 
qo’yilgan iste'mol mablag`lari (zaxiralarni ko’paytirish emas); ikkinchi qismini esa ishlab chiqarishni 
kengaytirishga yo’naltirilgan resurslar (bino, inshoot, mashina va qurilmalarga qo’yilmalar) tashkil 
etadi. 
Korxonalar har doim investitsiyalarga, ya'ni yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, 
mavjudlarini rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik jihozlanishini yaxshilash, foyda olish va boshqa 
maqsadlarni ko’zlagan holda, turli dastur va ayrim tadbirlarga mablag` (ichki va tashqi manbalardan) 
qo’yishga muxtoj bo’ladilar. Bu ishbilarmonlik va faoliyatning boshqa turlari ob'ektlariga foyda yoki 
ijtimoiy samara olish maqsadida qo’yiladigan pul mablag`lari, maqsadli bank jamg`armalari, paylar, 
aksiya va boshqa qimmatli qo`ozlar, texnologiyalar, mashina va uskunalar, litsenziyalar, shu jumladan 
tovar belgilari, kreditlar, istalgan boshqa mulk yoki mulkchilik xuquqi, intellektual boyliklarga ham. 
Moliyaviy ta'rifi bo’yicha investitsiyalar - bu foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga 
qo’yiladigan mablag`larning barcha turlaridir; iqtisodiy ta'rif bo’yicha esa - asosiy va aylanma 
kapitalni yaratish, kengaytirish yoki qayta tiklash va texnik qayta qurollantirishga bo’lgan 
xarajatlardir. 


38 
Investitsiyalar turli xil belgilarga asosan turkumlanadi: asosiy kapitalni ko’paytirish zaruriyati 
bilan bo`lib, sof, va asosiy fondlar eskirishini qoplash zaruriyati tufayli yuzaga kelgan, yalpi 
investitsiyalar. Investitsiyalar yo’naltirilgan ob'ekti bo’yicha ham farqlanadi. Bunday ob'ektlar bo’lib 
mulk, moliyaviy vositalar,nomoddiy boyliklar xizmat qilishi mumkin. Ta'sir yo’nalishi bo’yicha: 
almashtirish, kengaytirish, fondlar tarkibini yangilashni ajratish mumkin. Maqsadlar va ular bilan 
bog`liq tavakkalchilik nuqtai-nazaridan investitsiyalar quyidagi turlarga bo’linadi: 
- venchur (tavakkalchilikli); 
- to’g`ridan-to’g`ri; 
- portfel; 
- annuitet. 
Tavakkalchilikli investitsiyalar
, yoki venchur kapitali deb, tavakkalchiligi yuqori bo’lgan kapital 
qo’yilmalarni ataydilar. Venchur kapitali - bu yuqori tavakkalchilik bilan bog`liq yangi faoliyat 
turlarida chiqariladigan yangi aksiyalarga investitsiya kiritishdir. Venchur kapitali asosan innovatsion 
va yangi texnologiyalar bilan bog`liq faoliyat turlarida uchraydi. 
To’g`ridan-to’g`ri investitsiyalar
- foyda olish va boshqaruvda ishtirok etish maqsadida, xo’jalik 
faoliyati yuritayotgan sub'ekt ustav kapitaliga qo’yiladigan kiritiladigan qo’yilmalardir. 
Portfel investitsiyalar
- portfel shakllantirish bilan bog`liq bo’lib, qimmatli qog`ozlar va boshqa 
aktivlar (jamg`arma va depozit sertifikatlari, sug`urta polislari, va h.) ni sotib olishdan iboratdir. 
Annuitet 
(nemischa annuitat-yillik to’lov) - investitsiya kirituvchi shaxsga bir xil vaqt oralig`ida 
muayyan daromad keltiradigan investitsiyalardir. Bunga asosan sug`urta va nafaqa jamg`armalariga 
mablag` qo’yishni misol tariqasida keltirish mumkin. 
Tijorat amaliyotida investitsiyalarning quyidagi turlarini farqlash mumkin: 
- moddiy aktivlarga kiritiladigan investitsiyalar; 
- pul aktivlariga kiritiladigan investitsiyalar; 
-nomoddiy (ko’rib bo’lmaydigan) aktivlarga kiritiladigan investitsiyalar. 
Moddiy aktivlar deganda ishlab chiqarish bino va inshootlar, hamda xizmat muddati bir yildan 
ko’p bo’lgan mashina va uskunalar tushuniladi. Pul aktivlari deganda esa, boshqa yuridik va jismoniy 
shaxslardan pul olish huquqlari tushuniladi (depozitlar, obligatsiyalar va h.) Nomoddiy aktivlarga, 
korxona tomonidan orttirilgan intellektual boylik, savdo belgilari, litsenziya va nou-xaular kiradi. 
Tadbirkorlik 
faoliyati 
ob'ektlariga 
investitsiyalar 
turli 
shakllarda
oshiriladi.Shu munosabat bilan, investitsiyalarni taxlil qilish va rejalash-tirishda, ularni 1.1.-rasmda 
ko’rsatilgan belgilar bo’yicha turkumlashtirish muhim hisoblanadi. 
1.
Mablag` kiritish ob'ektlariga qarab real va moliyaviy investitsiyalar ajratiladi. 
2.
Investitsiya kiritishda ishtirok etish xarakteri bo’yicha bevosita va bilvosita 
investitsiyalar mavjud. 
Bevosita investitsiya kiritish deganda, investitsiya ob'ektini tanlashda investorning o’zi bevosita 
ishtirok etishi tushuniladi. 
Bilvosita investitsiya kiritishda esa, barcha operatsiyalar mas'ul shaxs (investitsiyaviy yoki 
boshqa moliyaviy vositachilar) yordamida amalga oshiriladi. Vositachilar yordamida investitsion va 
boshqa jamg`armalar hizmat qilishi mumkin. 
1.
Investitsiya kiritish davri bo’yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli (ayrim 
adabiyotlarda qisqa, o’rta va uzoq muddatli) investitsiyalar farqlanadi. 
2. Qisqa muddatli investitsiyalar deganda muddati bir yilgacha bo’lgan kapital qo’yilmalar 
tushuniladi (misol uchun qisqa muddatli depozitlar, jamg`armalar va h.), uzoq muddatli investitsiyalar 
esa - bir yildan ortiq muddatga kiritilgan kapital qo’yilmalardir. 
3. Mulkchilik shakli bo’yicha shaxsiy, davlat, chet el va qo’shma investitsiyalar mavjud. 
4. Shaxsiy investitsiyalar - bu fuqarolar va davlat mulkiga tegishli bo’lmagan korxonalar 
tomonidan amalga oshiriladigan kapital qo’yilmalardir. 


39 

Yüklə 5,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin