Investitsiya funksiyasining grafigi
Foiz stavkasi
R
I
Investitsiya hajmi
1.1.1-chizma
Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish,
ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat sub'ektlarini sug‘urtalash va boshqa
vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida tashkil etiladi. Investitsiya
munosabatlarining mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o‘z ifodasini topadi.
O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishining asosiy yo‘nalishlari
bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1)
Investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish.
2)
Soliq to‘lovchilar va soliq solish ob'ektlarini, soliq stavkalari va ularga doir imtiyozlarni
tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo‘llash.
3)
Normalar, qoidalar, standartlarni belgilash.
4)
Monopoliyaga qarshi choralarni qo‘llash.
5)
Kredit siyosati va narx siyosatini o‘tkazishga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan
foydalanish shartlarini belgilash.
6)
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash.
52
Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli mulkdorlar o‘rtasida
moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o‘ziga xos, murakkab, ijtimoiy zarur
iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me'yorlarini nazarda tutadi. Investitsiya
jarayonining barcha sub'ektlari – chet ellik investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu
jumladan chet ellik shaxslar (rezidentlar va norezidentlar)gacha bu munosabatlarning ishirokchilariga
aylanadilar. Huquq nuqtai nazaridan chet el investitsiyalari boshqa davlat hududida kapitalga egalik
qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog‘liq. Iqtisodiy nuqtai nazardan esa ularning
hududiy, zamon va makondagi harakati ko‘pdan-ko‘p qo‘shimcha risklar bilan to‘qnashish ehtimoliga
ega bo‘ladi.
Respublikada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish birinchi
navbatda davlatning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini
ko‘zlaydi.
Davlat xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi:
1) moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar berish;
kreditlarni sug‘urtalash va kafolatlash;
2) nomoliyaviy: yer uchastkalari ajratish; zaruriy infratuzilma ob'ektlari bilan ta'minlash; texnik
yordam ko‘rsatish.
Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo‘naltirilgan har qanday shakldagi mulkni
to‘la qonli ravishda xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz
ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet davlat mulki hisoblanadi, yoki
xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki hisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo‘la
olmaydi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish,
samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa
faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir.
1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi qonunining 3-moddasida «Chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish
maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat
ob'ektlariga qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu
jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har
qanday daromad O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e'tirof etiladi».
3
Xorijiy investitsiyalarining umumiy ta'rifi F. Xeniusning 1947 yil AQShda chop etilgan tashqi savdo
lug‘atining 2-nashrida quyidagicha berilgan: «Xorijiy investitsiyalar – bu bir mamlakat hududidan
ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport kilingan investitsiyalar»
4
.
Chet el investitsiyalari deyilganda chet mamlakatlarning milliy iqtisodiyotga moddiy, moliyaviy
va nomoddiy ko‘rinishidagi muddatli qo‘yilmalarning barcha shakllari tushuniladi. Bu quyidagilardan
iborat bo‘lishi mumkin: qo‘shma korxonalarni tashkil qilishda o‘z ulushi bilan qatnashish, xorijiy
sarmoyadorlarga to‘la tegishli bo‘lgan korxonalarni barpo etish, xorijiy shaxslar tomonidan qimmatli
qog‘ozlarni, shuningdek, zayom va kreditlar olish.
O‘zbekistonda ham investitsiya loyihalarni tuzish va moliyalashtirish uchun qulay investitsiya
muhitini yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar ishlab chiqilmokda.
Ularning negizida ikkita asosiy omil yotadi:
-iqtisodiy barqarorlik;
-inflyasiya jarayonlarini tartibga solish va milliy valyuta-so‘mning to‘lov qobiliyatini oshirishga
yo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida qulay investitsiya loyihalarini tuzish va ularni
moliyalashtirish bo‘yicha quyidagi omillar mavjud:
-investitsiya loyihalari bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni rag‘batlantirish;
-sanoatning ustuvor sohalari, yoqilg‘i, energetika majmualari bo‘yicha investitsiya loyihalarini
3
O‘zbekistonning yangi qonunlari. 19-son,-T.: Adolat,1998.532-bet.
4
Dictionary of Foreign Trade. by F.Henus Sec/ Ed. N4.,1947, P.387.
53
tuzishni jadallashtirish;
-iqtisodiyotda ilm fanga talab kuchli tarmoqlarida ishlab turgan quvvatlarni yangilash va
yangilarini barpo etish bo‘yicha intellektual investitsion loyihalarni amalga kiritilishi.
Dostları ilə paylaş: |