50
- moliyalashtirish mablag`lariga ega bo’lish muddati;
- moliyalashtirish mablag`lari jalb etilgan muddat;
Miqdor cheklanishlari investitsiyalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag`lar hajmiga
bog`liq bo’ladi; u quyidagi shartlar bilan belgilanadi:
- investitsiyalarni moliyalashtirishdagi korxona ehtiyojlari;
- korxonaning yetarlicha moliyaviy mustahkamligini ta'minlash zaruriyati;
- jalb etilayotgan mablag`lar qiymati;
- mavjud ta'minot hajmi.
Nazorat savollari:
1. Investitsiyalar deganda nimani tushunasiz?
2. Turli xil belgilar bo’yicha investitsiyalarning turkumlanishi.
3. Investitsiyalarni moliyalashtirishning asosiy manbalarini sanab
o’ting.
4. Investitsiyaviy faoliyatning ob'ekt va sub'ektlari.
5. Investitsiyaviy faoliyatning bazis tamoyillari.
6. Investitsiyalarni jalb etishning asosiy shartlari.
6. Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o‘rni
1.
Investitsiya haqida tushuncha
2.
Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi
3.
Xorijiy investitsiyalar va ularni jalb qilinish sabablari
4.
O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli
5.
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991
yildan boshlab qabul
qilingan bo‘lib, ular o‘tgan vaqt ichida ancha takomillashtirildi. O‘zbekiston Respublikasining
“Investitsiya to‘g‘risida”gi qonunida ko‘rsatilishicha, “investitsiya bu - iqtisodiy samara (foyda,
daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga
qo‘yilgan
omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiyalar), texnologiyalar,
mashinalar
asmavzu-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir”
2
.Bu iqtisodiy
ta'rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos kelishini to‘laligicha tasdiqlaydi.
Jumladan,
unda, birinchidan, investitsiyaning o‘ziga va investitsiya faoliyatining ob'ektlariga keng ta'rif
berilgan. Ikkinchidan, investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy
samara olishga muqarrar
bog‘liqligi ta'kidlab o‘tilgan.
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib «qo‘yish», «mablag‘ni
safarbar etish», «kapital qo‘yilmasi» ma'nosini beradi. Keng ma'noda investitsiya mablag‘ni
ko‘paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko‘pgina hollarda
«investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob'ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy
ne'matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta'riflanadi. Investitsiya deyilganda barcha turdagi milliy
va intelektual
boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob'ektlariga yo‘naltirilib daromad
keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad
2
O‘zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi Qonuni, 30.04.1998 y.
51
olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.
Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustuvorlik berilishini faqat kapitalning
tarkibiy tuzilishi
bilan tushuntirish yetarli emas. Gap shundaki, dastlabki kapital jamg‘arish davrida pulni tez to‘plash
uchun uni kapital aylanishi tez sohalarga joylashtirilishi yuz beradi, chunki bunda yuqori foyda me'yori
yuzaga keladi. Foyda me'yori yuqori joyda esa, uni kapitallashtirish imkoni katta bo‘ladi. Bu omil ham
xususiy sektorda pulni aylanma kapitaliga aylantirish uchun rag‘bat yaratadi. Bozor talablariga binoan
tejamli xo‘jalik yurita bilmaslik tannarxning ortishiga olib keladi, bu narx o‘zgarmagan sharoitda ham
zararga olib keladi. Bu albatta, investitsiyalarni o‘z mablag‘i hisobidan ta'minlash
imkonini cheklab
ko‘yadi.
Dostları ilə paylaş: