48
bo’lsa. Aks holda esa, ya'ni tovar sotishdan olingan umumiy daromad ishlab chiqarish xarajatlaridan
yuqori bo’lmasa, korxona faoliyati to’xtatiladi.
Agarda bitta qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishdan olinadigan daromad, uni ishlab chiqarish
xarajatlaridan yuqori bo’lsa, korxona mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishi lozim. Agarda bitta
qo’shimcha mahsulotdan olingan daromad ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo’ladigan bo’lsa,
mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Agarda korxona
ishlab
chiqarishni davom ettirish to’g`risida qaror qabul qilgan bo’lsa, u shuncha mahsulot ishlab chiqarishi
kerakki, chegaraviy xarajatlar chegaraviy daromadga teng bo’lsin. Ushbu shartlar universal xarakterga
ega bo’lib, mulkchilikning istalgan shakli, bozorning istalgan tuzilmasiga nisbatan qo’llanilishi
mumkin.
Ishlab chiqarishga kapital qo’yish samaradorligi, kamida ikkita omilga bog`liq bo’ladi:
- ishlab chiqarish xarajatlarini oshish sur'ati (asosan texnologiya tomonidan belgilanadi);
- ishlab chiqarishni monopollashganlik darajasi.
2 Qoplash tamoyili.
Ushbu tamoyil investitsiya kiritishda samaradolikni baholashga yangi yondashuvni belgilash
imkonini beradi. Investitsiya kiritishdagi qaror qabul qilish erkinligi, ularni amalga oshirishdagi
erkinsizlik va cheklashlarga o’z o’rnini bo’shatadi.
Misol uchun, nima sotib olish kerak, nima ishlab chiqarish kerak, qancha summani kreditga olish
lozim, qancha muddatga va qaysi foizlarda va hokazolar to’g`risida qaror qabul qilishda korxona
erkinlikga ega. Ammo ushbu jarayonlar amalga oshirilgandan so’ng orqaga qaytish juda ham qiyin.
Uskuna xarid qilingandan so’ng uning pulini qaytarish uchun undan
bir necha yil davomida
foydalanish lozim, kredit shartnomasi bo’yicha pul mablag`lari ajratilgandan so’ng ular bo’yicha
foizlarni to’lash shartdir. Shuning uchun, investitsiyaviy loyiha o’z kuchiga kirgandan so’ng, faoliyat
erkinligi ancha cheklanadi. Albatta xarid qilingan uskuna yoki texnologiyalarni qaytarib berish yoki
uchinchi shaxslarga sotish mumkin, lekin bu yo’qotishlar bilan bog`liq bo’ladi. Shuning uchun ham
investitsiyaviy loyihada mumkin bo’lgan hatolarni oldindan hisob kitob qilish ham muhim ahamiyat
kasb etadi.
3. Kapital qo’yilmalar samaradorligining moddiy va puldagi bahosini o’zaro muvofiqlashtirish
tamoyili
.
Samaradorlikni baholashning uch xil varianti mavjud:
- xarajat va ishlab chiqarishning nisbiy narxlarini taqqoslash orqali, ya'ni
faqatgina pul bilan
baholash. Tajribalarning ko’rsatishicha, samaradorlikni faqatgina pul hajmi bilan baholash noto’g`ri
bo’ladi, ayniqsa prognoz (bashorat) qilib bo’lmaydigan inflyatsiya sharoitida;
- samaradorlikning pul va texnik omillarini o’zaro muvofiqlashtirish orqali. Gap shundaki,
investitsiyaviy loyihaga kiritilgan texnologiyalar ham katta rol o’ynaydi;
- loyihaning bozor (qiymat) bahosini hisobga olmaydigan texnik yondashuv, bunday
yondashuvdan O’zbekiston sharoitida deyarli foydalanilmaydi;
4. Moslashuv xarajatlari tamoyili.
Moslashuv xarajatlari - bu yangi investitsiyaviy muhitga moslashish bilan bog`liq bo’lgan barcha
xarajatlardir. Bularga ishlab chiqarishni qayta tashkil etish, xodimlarni qayta o’qitish, bozor
kon'yunkturasiga moslashish va shunga o’xshash xarajatlarni kiritish mumkin. Vaqt yo’qotish daromad
yo’qotish deb qabul qilinadi. Har doim ham investitsiyaviy loyiha to’g`risida qaror qabul qilishdan uni
amalga oshirishgacha bir oz vaqt o’tadi. Birdaniga moslashib ketish deyarli mumkin emas.
Moslashuv uchun to’lov sifatida, joriy pul oqimining keskin kamayishini hisobga olish mumkin.
Hattoki aksiya va obligatsiyalarni ham, ularni bozor qiymati tushib ketayotgan vaqtda foyda bilan sotib
bo’lmaydi. Vaqtdan yo’qotish kapitalni ishsiz qolishi va daromadning kamayishiga olib keladi. Ishlab
chiqarishga investitsiya kiritishning moslashuv xarajatlari esa yanada yuqori bo’ladi.
Faraz qilaylik uskunalar o’rnatilgan, ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan
bir vaqtda bozor
kon'yunkturasi o’zgardi va texnologiyalar, demak mavjud uskunalarni ham, almashtirish to’g`risida
qaror qabul qilindi. Misol uchun, qo’l mehnatini mashina mehnatiga almashtirish. Bu ma'lum
moslashuv xarajatlariga olib keladi, ular quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
49
- kadrlarni qayta tayyorlash;
- eski uskunalarni sotish va yangisini xarid qilib olish;
- shtat qisqarishi munosabati bilan ishsiz qolgan xodimlarga kompensatsion to’lovlarni amalga
oshirish;
- o’z kuchini yo’qotmagan shartnomalar bo’yicha jarimalar to’lash va h
Shuning uchun ham moslashuv xarajatlarini, mahsulot tannarxiga kiritish lozim.
Ushbu
xarajatlar qiymati xom-ashyo, materiallar va texnologiyalar qiymatidan qanchalik yuqori bo’lsa,
kapital qo’yilmalarni amalga oshirish shunchalik foydali bo’ladi. Mahsulotga bo’lgan talab qanchalik
yuqori bo’lsa, korxona shunchalik katta moslashuv xarajatlariga yo’l qo’yishi mumkin. Tajribalarning
ko’rsatishicha, talab narxi taklif narxidan qanchalik ko’p vaqt mobaynida yuqori bo’lsa, investitsiya
kiritish ham, moslashuv xarajatlariga qaramasdan, shunchalik samarali bo’ladi.
5. Multiplikator (ko’payuvchi) tamoyili.
Multiplikator tamoyili tarmoqlarning o’zaro aloqasiga suyanadi. Bu degani, misol uchun
avtomobillarga bo’lgan talabning oshishi, texnologik jihatdan ishlab chiqarish uchun lozim bo’lgan
tovarlarga bo’lgan talabning oshishiga ham olib keladi. Ya'ni ishlab chiqarish
texnologiyasini bilish,
korrelyatsiya koeffitsientini aniq hisoblash imkonini beradi.
Multiplikator muayyan ta'sirning kuchini oldindan bilish, ushbu axborotdan samarali
foydalanish,va foyda keltirmayotgan investitsiyalardan voz kechib, kon'yunkturadan ilgarilagan holda
yangi faoliyat turi bilan shug`ullanishga imkon beradi.
Multiplikator ta'sirini keltirib chiqargan tarmoq mahsulotiga bo’lgan talabning susayishi,
multiplikator samarasiga ham o’z ta'sirini ko’rsatadi. Bundan tashqari, multiplikator samarasi vaqt
o’tishi bilan asta-sekin o’z kuchini yo’qotib boradi. Keyinchalik esa boshqa tarmoq mahsulotiga talab
oshishi va bunday holat investitsiyalar kiritish strategiyasiga o’zgartirishlar
kiritishga olib kelishi
mumkin.
6. Q - tamoyili.
Bu aktivni fond birjasida baholanishi va uning real tiklanish qiymati o’rtasidagi bog`liqlikni
belgilashdir. Bunday bog`liqlik ko’rsatkichi Q-nisbatdir:
Q = Ishlab chiqarilayotgan moddiy aktivlarning birja bahosiga nisbati
Agarda nisbat birdan katta bo’lsa, investitsiya kiritish foydali hisoblanadi. Nisbat birdan
qanchalik katta bo’lsa, investitsiya kiritish shunchalik foydali bo’ladi. Shu tarzda, uylarning bozor
(birja) bahosining ularning joriy qiymatiga nisbatan o’sishi, uy-joy qurilishini rag`batlantiradi, chunki
bozordagi narx joriy xarajatlarni to’liq qoplaydi.
Q = Butun korxonaning birja qiymatini uning moddiy qismini qoplash xarajatlariga nisbati
Umuman olganda, davlat tomonidan tartibga solish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, ushbu
tamoyildan shunchalik kam foydalaniladi. Demak, davlat tomonidan tartibga solinish darajasi
kamayib, korxonalar asosiy va aylanma kapitali qiymatini baholash va
qayta baholashda tovar-xom-
ashyo va fond birjalarining roli oshib borishi bilan, investitsiyalar samaradorligini baholashga bo’lgan
bunday yondashuv ahamiyati ham ortib boradi.
Tajribalarga qaraganda Q-tamoyilidan transport, avtomobilsozlik, aviasozlik, rangli metallurgiya
kabi sanoat tarmoqlarida foydalanish ayniqsa yaxshi natijalarga olib keladi, va neft qazib olish, gaz
tarmog`i kabi davlat tomonidan tartibga solinadigan tarmoqlarda umuman qo’llanilmaydi.
Dostları ilə paylaş: