40
- pullarning vaqt oralig`idagi qiymatini hisobga olgan holda, mazkur loyiha rentabelligi, boshqa
alternativ loyihalar rentabelligidan yuqori bo’lsa;
- loyiha amalga oshirilgandan so’ng korxona aktivlarining rentabelligi oshsa (yoki kamaymasa)
va har holda qarz mablag`lari bo’yicha o’rtacha hisob stavkasidan yuqori bo’lsa;
- ko’rib chiqilayotgan loyiha, ishlab chiqarishning ratsional tuzilmasini shakllantirish,
xarajatlarni qoplash muddatlari, moliyaviy manbalarning mavjudligi nuqtai-nazaridan korxonaning
bosh maqsadlariga muvofiq kelsa.
Shuni ham ta'kidlab o’tish lozimki, mazkur umumiy tamoyillar bo’lishiga qaramasdan, u yoki bu
xo’jalik faoliyatini yurituvchi sub'ekt uchun investitsiyaviy siyosatning asosiy mezonlarini aniqlash
juda ham sub'ektiv va muayyan bosqichdagi strategik moliyaviy maqsadlarga bog`liq bo’ladi.
Ammo sub'ektivlikning har qanday darajasida investitsiyalar bo’yicha qaror qabul
qilinayotganda, moliyaviy menejer pullarning vaqt oralig`idagi qiymatini, loyiha tavakkalchiligi
darajasini, loyihaning alternativ loyihalardan ustunligini va boshqa ko’plab omillarni e'tiborga olishi
lozim.
Shunday qilib, investitsiyalar to’g`risida qaror qabul qilish kutilayotgan daromadlilik va
tavakkalchilik nisbati tahliliga asoslanadi. Shuning uchun ham, investitsiyalar mohiyati to’g`risida gap
yuritayotganda, ularning turli xil tavakkalchilik va kutilayotgan daromadga bog`liq ekanliklarini esdan
chiqarmaslik lozim. Pullarning daromad olib kelish qobiliyati ularning kelib chiqish manbai va
iste'mol yo’nalishlari, ya'ni pul qayerdan kirib kelishi va nimaga investitsiya sifatida qo’yilishiga
bog`liq bo’ladi. Demak, kapital manbalarining ishonchliligi va mablag`larni to’g`ri investitsiya qilish
o’rtasida uzluksiz aloqa kuzatiladi. Ushbu belgilari bilan investitsiyalar boshqa qo’yilmalardan
farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: