122
Ushbu tamoyil kreditordan olingan moliyaviy mablag`larning o’z vaqtida qaytarilishi lozimligini
ifodalaydi.
Uning amaliy ifodasi kredit bergan tashkilot hisob-raqamiga muayyan ssudani qoplash uchun pul
mablag`larini o’tkazishda namoyon bo’ladi. Kredit resurslarining o’z vaqtida qaytarilishi, bank kredit
faoliyatini davom ettirishining zaruriy sharti hisoblanadi.
Kreditning muddatliligi.
Kredit qaytarilishiga erishish usuli. Bu degani kredit kredit
oluvchi istagan vaqtda emas, aniq
belgilangan mudatdan so’ng qaytarilishi lozim. Ushbu muddat kredit shartnomasida yoki uni o’rniga
tuzilgan boshqa hujjatda aniq ko’rsatilgan bo’ladi.
Ko’rsatilgan shartni bajarmaslik kreditor tomonidan
kredit oluvchiga nisbatan,
olinadigan foiz
to’lovlarini oshirish kabi, turli xil iqtisodiy jarimalarni qo’llash, keyinchalik esa sudga murojaat qilish
uchun asos bo’la oladi.
Kreditning to’lovliligi. Ssuda foizi.
Bu tamoyil qarz oluvchi tomonidan bankdan olingan kredit resurslarni faqatgina qaytarish emas,
ulardan foydalanish uchun to’lovlarni ham amalga oshirish lozimligini bildiradi.
Kredit uchun to’lovning iqtisodiy mohiyati undan foydalanish natijasida olingan qo’shimcha
daromadni kreditor va qarz oluvchi o’rtasida taqsimlashdan iboratdir.
Mazkur tamoyilning amaldagi ifodasi, quyidagi asosiy
uchta funksiyani bajaruvchi, bank foizi
kattaligini belgilash jarayonida namoyon bo’ladi:
- yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarining bir qismini qayta taqsimlash;
- tarmoq, tarmoqlararo va xalqaro miqyoslarda ssuda kapitallarini taqsimlash yo’li bilan, ishlab
chiqarish va muomalani tartibga solish;
- iqtisodiyot rivojlanishining
tanglik bosqichlarida, bank mijozlari pul jamg`armalarini
inflyatsiyadan himoyalash.
Ssudaga olingan kapitalga to’g`ri keladigan yillik daromadni berilgan kredit miqdoriga nisbati
sifatida belgilanadigan ssuda foizi stavkasi, kredit resurslarining narxi sifatida xizmat qiladi.
Kredit uchun to’lash
lozimligi, kredit oluvchini undan iloji boricha samaraliroq foydalanishga
undaydi.
Kredit uchun foiz belgilashda quyidagi omillar hisobga olinishi lozim:
- MB tomonidan o’rnatiladigan foiz stavkasi;
- banklararo kreditlar bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi;
- jalb qilingan qo’yilmalar va depozitlar bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi;
- o’z va qarz moliyaviy mablag`larining nisbati: jalb qilingan mablag`lar ulushi qanchalik katta
bo’lsa, kredit shunchalik qimmat bo’ladi;
- kredit resurslariga bo'lgan talab: talab qanchalik yuqori bo’lsa,
kredit shunchalik qimmat
bo’ladi;
- kredit so’ralayotgan muddat, kredit bo’yicha tavakkalchilik darajasi;
- mamlakatdagi moliyaviy barqarorlik: inflyatsiya surati qanchalik yuqori bo’lsa, kredit
shunchalik qimmat bo’ladi.
Kreditning o’zgaruvchanligi.
Har bir potensial kredit oluvchiga nisbatan, uning faoliyat shartlaridan kelib chiqqan holda,
turlicha yondashuv bo’lishi lozim.
Ushbu tamoyil kredit tashkilotining turli xil kredit oluvchilarga nisbatan o’zgaruvchan
yondashuvini belgilab beradi.
Buning amaliy bajarilishi muayyan bankning
individual manfaatlariga ham, faoliyatning ayrim
tarmoq va sohalarini (misol uchun, fermer xo’jaliklarini) qo’llab-quvvatlash to’g`risidagi
davlat
tomonidan olib borilayotgan markazlashgan siyosatga ham bog`liq bo’lishi mumkin.
Kreditning ta'minoti.
Ushbu tamoyil, kredit oluvchi tomonidan kredit shartnomasining shartlari bajarilmagan taqdirda,
kreditor mulkiy manfaatlarini himoya qilish lozimligini aks ettiradi. Mazkur tamoyilning amaliy
ifodasi garov ta'minoti yoki moliyaviy kafolatlarda o’z aksini topadi.
123
Kreditning maqsadli xarakteri.
Kredit operatsiyalarining katta qismiga taalluqli bo’lib, kreditordan olingan mablag`lar maqsadli
sarflanishi lozimligini bildiradi.
Tamoyilning amaliy ifodasi kredit shartnomasidagi tegishli band bilan belgilangan bo’ladi.
Mazkur band bo’yicha majburiyatlarning bajarilmasligi kreditni muddatidan
oldin qaytarish yoki
jarima foizini kiritish uchun asos bo’la oladi.
Umumlashtirib aytganda, kreditlarni quyidagi asosiy belgilari bo’yicha ajratish mumkin:
Iste'molchilar guruhlari bo’yicha:
- tijorat tashkilotlari;
- aholi va jismoniy shaxslar;
- davlat organlari;
- banklar.
Maqsadi bo’yicha:
- iste'mol;
- sanoat;
- savdo;
- qishloq xo’jaligi;
- investitsiyaviy.
Foydalanish muddati bo’yicha:
- talabga qadar;
- muddatli, ular o’z navbatida qisqa, o’rta va uzoq mudddatlilarga bo’linadi;
Hajmi bo’yicha:
- yirik;
- o’rta;
- mayda.
Ta'minoti bo’yicha:
- ta'minlanmagan;
- ta'minlangan (garov, kafolat, sug`urtalangan).
Berish usuli bo’yicha:
- kompensatsion ssudalar - turli xil maqsadlarda foydalanish uchun hisob raqamiga kelib
tushadigan mablag`lar;
- to’lov ssudalari - kredit oluvchining pul hujjatlarini to’lash uchun yo’naltiriladigan pul
mablag`lari.
Qoplash uslublari bo’yicha:
- asta-sekin qoplanadigan;
- bir martada qoplanadigan.
Dostları ilə paylaş: