133
-
byudjetdan investitsiyalash;
-
lizing;
-
qarz majburiyatlari hisobidan banklar kreditlari, yuridik hamda jismoniy
shaxslar majburiyatlari evaziga moliyalashtirish;
-
ipoteka (ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish) asosida olib boriladi.
Monitorin
g loyiha holatini kuzatish, uni baholash, loyihaning istiqbolini belgilashni yoki
loyihaning amalga oshirilishini kuzatib borishni nazarda tutadi.
Unga quyidagilar kiradi:
-
moliyalashtirilayotgan loyihani amalga oshirilishining borishi to‘g‘risidagi hisobotlar
tahlili;
-
ishning ahvolini bevosita loyiha amalga oshirilayotgan joyda tekshirish;
-
maqsadli taftishlar, auditorlik tekshiruvlari;
-
loyihaning tugallanganligi to‘g‘risida hisobot tuzish (unda xarajatlarning qoplanishi,
mahsulotni sotish chiqimlarini baholash ham nazarda tutiladi).
Investitsiya loyihalarini
baholash, tanlash va amalga oshirishda
asosiy e`tibor investitsiya
imkoniyatilarining tahliliga, jalb etilayotgan
resurslar qiymatini baholashga hamda
noaniqlik
tahliliga, risklarni pasaytirish usullari, ularni investitsiya qatnashchilari o‘rtasida taqsimlanishiga
qaratish zarur bo‘ladi.
Investitsiya loyihalari samaradorligini tahlil qilish va baholashda pul oqimlarini diskontlash usuli bilan
amalga oshirish talab etiladi. Investitsiya loyihalarining samaradorligini baholashda sof diskontlangan
daromad, daromaddorlik indeksi, ichki daromaddorlik me`yori, xarajatlarning qoplanish muddati
ko‘rsatkichlaridan foydalanish talab etiladi.
2. Kapital qiymati tushunchasi
Milliy iqtisodiyot darajasida ham, iqtisodiy sub`ektlar darajasida ham yangi investitsiyalarni
amalga oshirish uchun pul mablag‘larini (pul kapitalini) topish zaruriyati paydo bo‘ladi. Bu pul
mablag‘lari investitsiyalash to‘g‘risida qaror qabul qilishi bilan investitsiya kapitali shakliga
ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: