Ma lumot-axborot hujjatlari
Oripova Dilnoza Yo‘ldoshevna, 6-oilaviy poliklinika umumiy
amaliyot shifokori
(imzo)
Sharipova Dilorom Tursunovna, 6-oilaviy poliklinika katta
hamshirasi
(imzo)
Alimova Bamo Qozoqovna, 6-oilaviy
poliklinika dorixonasi
hamshirasi
(imzo)
Sattorova Mahbuba Ravshan qizi, 6-oilaviy poliklinika xo‘ja-
lik bo‘limi boshlig‘i
(imzo)
M .0 ‘ .
268
Ishonchnoma
ISH O N C H N O M A
Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o ‘z nomidan ish
ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yoz
ma vakolatli hujjat. Ishonchnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra,
mol-mulkni boshqarish, pul va
moddiy-buyum boyliklarini
olish, sud hamda notarial idoralarda, shuningdek, boshqa dav
lat va nodavlat idoralarda ish olib borish va boshqa ishlami
amalga oshirishni ifodalaydi.
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Fuqarolik
kodeksining
134-moddasida ishonchnomaga quyidagicha ta’rif berilgan:
«Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxs
(ishonchli vakil)ga uchinchi shaxslar
oldida vakillik qilish
uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi.
Ishonchli vakil o ‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar
doirasida ish olib boradi».
Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat berish kirn
tomonidan (muassasa tomonidanmi
yoki ayrim shaxs tomo-
nidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy
(xizmat) va shaxsiy turlarga bo‘linadi.
R a s m i y ( x i z m a t s o h a s i d a g i ) i s h o n c h n o m a l a r
davlat
muassasalari, kasaba uyushmasi, fermer xo‘jaligi, ja-
moat tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan
tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish
uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari to
monidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Ayrim
hollarda ishonchnoma qonun talabiga ko‘ra notarial tasdiqdan
o ‘tishi zarur bo‘ladi.
Mazmun hamda vakolatning ko‘lamiga ko‘ra, ishonch
nomalar
bir martalik, maxsus va umumiy turlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: