58
mexanizmi tashkil qiladi. Enyergiya sarflamasdan passiv o‘tish molekulalari o‘lchami
poralar o‘lchamidan kichik bo‘lgan moddalarga ham xosdir. Bu jarayon filtratsiya
sifatida qaraladi.
Aktiv o‘tish lipidlarda yerimaydigan moddalarning membranalar orqali o‘tishini
ta’minlaydi. Bu jarayon fyermentlar yordamida amalga oshiriladi,
ular transport
qilinadigan zaharlar bilan vaqtinchalik komplekslarni hosil qiladi va ularni
konsentratsiyalar gradiyentiga qarshi olib o‘tadi. Bunday moddalarga sanoat zaharlari-
elektrolitlar va metallar kationlari (Na
+
, K
+
, Mn
2+
, Mg
2+
) kiradi, ular fosfatli xelatlar,
oqsil-fosfatli komplekslar va h.k.lar ko‘rinishida membranadan tashib o‘tiladi.
Zaharlarning organizmga tushish yo‘llari.
Zaharli moddalarning inson
organizmiga tushishining uchta asosiy yo‘llari ajratiladi: ingalyatsion, pyeroral va tyeri
orqali.
a)
organizmga sanoat zaharlari tushishining ingalyatsion yo‘li
Zaharli birikmalarning nafas olish tizimi orqali so‘rilishi
ularning organizmga
kirishining eng tez yo‘li hisoblanadi (o‘pkalar yuzasi katta – 100-120 kv.m, o‘pka
kapillyarlari bo‘yicha qon oqimi uzluksiz).
O‘pkaga birinchi navbatda yog‘larda yaxshi yeruvchan moddalar tushadi. Zaharli
moddalar molekulalari havo muhitini qon oqimidan ajratib turuvchi 0,8 mkm
(mikrometr) qalinlikdagi alveolyar-kapillyar membrana orqali diffuziya qilganda eng
qisqa yo‘l bilan kichik qon aylanish doirasiga o‘tadi va keyin jigarni chetlab o‘tib,
yurak orqali katta qon aylanish doirasi qon tomirlariga yetib boradi va u yyerdan
hamma organlar va to‘qimalarga tarqaydi.
Gazlar va bug‘lardan nafas olish. Uchuvchan birikmalarning so‘rilishi yuqori nafas
yo‘llari va traxeyada qisman boshlanadi (HF, HCl, SO
2
, atsetaldegid – qo‘zg‘atuvchi
moddalar; etil spirti, atseton – uchuvchan noelektrolitlar).
Gazsimon va bug‘simon noelektrolitlarning so‘rilishi konsentratsiyalar
gradiyetining pasayishi yo‘nalishida oddiy diffuziya qonuni bo‘yicha
amalga oshadi
(kamroq konsentratsiyadan kattaroq konsentratsiya tomon). Shunday yo‘l bilan
havodan uglevodorodlar, galogenli uglevodorodlar, spirtlar, efirlar va h.k.lar so‘riladi.
Doimiy konsentratsiyadan nafas olganda qonda
zaharning miqdori avval tez
oshadi, keyin bitta darajada to‘xtab qoladi. Organizm zahar bilan to‘yingandan keyin
uning so‘rilishi ancha kamayadi. Zaharning qondagi eng yuqori miqdori uning fizik-
kimyoviy xossalariga, masalan, gidrofilligiga (moddaning suvda yeruvchanligi
koeffitsiyenti) bog‘liq. Bug‘larning gidrofilligi qanchalik yuqori bo‘lsa, havodan zahar
qonga shunchalik ko‘p tushadi.
Jismoniy ishlar, tez-tez nafas olish va qon aylanishining tezligi ingalyatsion yo‘l
bilan tushgan birikmalarning organizmda ko‘proq turib qolishini kuchaytiradi.
Ayerozollar (chang, tutun, tumanlar) bilan nafas olish: minyeral chang (kvarsli,
silikatli, ko‘mirli changlar),
metall changlari, metall oksidlari changi yoki tutuni,
ko‘plab organik ayerozollar.
Ayerozollar – turli o‘lchamdagi zarrachalar aralashmasi. Ayerozollar nafas
yo‘llariga tushganda ularning ushlanib qolishi yuz beradi.
Bu ayerozolning fizik-
kimyoviy xossalariga: zarrachalar o‘lchamlari, ularning shakli gigroskopikligi,
zaryadi, yuza aktivligiga bog‘liq.
59
O‘lcham 10 mkm bo‘lgan zarrachalar burun yo‘llarida va burun-halqumda to‘liq
cho‘kib qoladi, 10 mkm dan yuqori zarrachalar – yuqori nafas yo‘llarida, 1-2 mkm
gacha o‘lchamli zarrachalar esa – alveolalarda cho‘kadi.
Nafas yo‘llarining organizmning o‘zi tomonidan tozalanishi jarayonida cho‘kkan
zarrachalar shilimshiq bilan birga yuqoriga harakatlanadi va asta-sekin organizmdan
chiqib ketadi. Biroq, agar zaharli ayerozol suvda yaxshi yeriydigan bo‘lsa, u nafas
olish yo‘llarining butun uzunligi bo‘ylab so‘rilgan bo‘lishi mumkin. Ayerozolning
ma’lum bir miqdori nafas olish yo‘llaridan
tashqariga chiqariladi, uning kattagina
qismi so‘lak orqali halqumdan oshqozon-ichak tizimiga o‘tadi.
Nafas yo‘llarining metall bug‘laridan tozalanishi ikki bosqichda boradi. Birinchi
bosqichda metall bug‘lari 24 soat ichida bronxial daraxt bo‘ylab hilpillovchi epiteliy
bilan tez haydab chiqariladi. Ikkinchi bosqichda metallar alveolyar sohadan bir necha
kundan tortib to bir necha oygacha sekin chiqariladi. Alveolalarda to‘plangan
ultramikroskopik metall zarrachalari alveolyar membranadan qon oqimiga diffuziya
yoki kolloid va oqsil komplekslar shaklida tashilish orqali diffuziyalanadi.
Dostları ilə paylaş: