70
o‘zaro aloqaga kirishadilar. Shuning uchun anorganik moddalarning zaharliligi faolroq
bo‘lgan ionlarning zaharliligiga qarab belgilanadi.
Metal ionlari uchun quyidagi bog‘liqlik kuzatiladi: metallning kompleks hosil
qilishga moyilligi qancha yuqori bo‘lsa, uning zaharliligi ham shuncha yuqori (Cr, Fe,
Ni, Co).
Kimyoviy elementlarning zaharliligi ularning organizmdagi miqdoriga bog‘liq.
Elementning organizmdagi normasi qanchalik yuqori bo‘lsa, shu element shuncha kam
zaharli bo‘ladi.
Biroq organizmda elementning normal miqdori qanchalik kam bo‘lsa,
uning
miqdorini asta sekin ortishi organizm uchun zararsiz. Masalan, organizmda kam
miqdorda uchraydigan kobalt va nikelning konsentratsiyasi o‘limga olib kelishi uchun
normadan 1000 va undan ham ko‘p marta ortilishi kerak. Organizmda keng tarqalgan
fosfor va kaliy ta’sirida organizmni o‘limga olib kelish uchun ular konsentratsiyasini
ozgina ko‘tarish kifoya.
Elementning zaharliligini uning elektron strukturasi
bilan munosibligini taxlil
qilish Shuni ko‘rsatdiki element qanchalik kimyoviy faol bo‘lsa, Shuncha zaharli
bo‘ladi.
Mendeleevning davriy sistemasi har qanday elementning
zaharliligini atomning
elektron tuzilishiga ko‘ra davriy sistemada tutgan o‘rniga qarab solishtirish imkonini
beradi.
Masalan, 1 guruhda elementlar zaharliligi Li dan seziyga qarab ortadi, ya’ni
tepadan pastga qarab elementlarning oxirigi elektron
qavatidagi elektronlarning
ajratish qobiliyati kuchayadi. 7 guruhda esa aksincha. Zaharlilik F dan astatga qarab
pasayadi, ya’ni gologenlar ichida ftorning aktivligi eng yuqori.
Dostları ilə paylaş: