73
O‘spirinlarning zaharli modalarga ta’sirchanligi kattalarnikiga qaraganda 2-3 va
hattoki 10 baravar yuqori. Biroq bir
qator hollarda yosh bolalar, o‘spirinlar va
kattalardan farq qilib, zaharlarga kamroq ta’sirchan bo‘ladilar. Bu bola organizmining
gipoksiyaga barqarorligi, o‘spirin va yigitlar ta’sirchanligi
esa yaqqolroq namoyon
bo‘lishi bilan izohlanadi.
Shunday qilib, yosh bo‘yicha ta’sirchanlikni o‘rganishda faqatgina organizmning
yoshini emas, balki jinsiy mansubligini,
zaharning xossalarini, uning ta’sir qilishi
rejimini, organizmdan chiqarilishi yo‘llarini hamda
organizmning individual
xususiyatlarini ham hisobga olish lozim.
Zaharlarga nisbatan individual ta’sirchanlikning mavjudligi hech qanday shubhaga
o‘rin qoldirmaydi. Ma’lumki, bir turdagi, jinsdagi va
yoshdagi turli individlar
zaharning bir xil miqdoriga turlicha ta’sirchanlikni namoyon qiladilar. Zaharlarga
nisbatan individual ta’sirchanlikdagi farqlar
biokimyoviy individuallikka, ya’ni
gormonlar, fyermentlarning turli darajalariga va umuman moddalar almashinuvining
holatiga asoslanadi.
Toksik samaraning miqdoriy va sifatga oid xususiyatlarini biokimyoviy
individuallikni hisobga olmasdan tuShunib bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: