87
Tarkibida temir moddasi bo‘lgan preparatlarini qabul
qilish oltingugurtli va
sianidli natriy bilan zaharlanishni yengillashtiradi.
Vitaminlar sanoat zaharlaridan himoyalanish mexanizmlarini kuchaytiradi.
S vitamini qo‘rg‘oshinning kam yeruvchan birikmalarini oson yeriydigan shaklga
aylanishini osonlashtiradi va natijada ular organizmdan tez chiqib ketadi.
Kalsiy askorbat benzol, fosfor, margimush kabi zaharlar bilan zaharlanganda
zararsizlantiruvchi ta’sirga ega, geksaxlorsiklogeksan, tiofos, oktalitil,
oltingugurt
uglyerodi, fosgenga nisbatan barqarorlikni oshiradi.
V guruh vitaminlar xlorli uglevodorodlar, plavik kislotasi tuzlari, benzol, simob,
qo‘rg‘oshin,
ftor,
oltingugurt
uglyerodi
bilan
zaharlanishning
kechishini
yengillashtiradi.
K vitamini xlorli uglevodorodlar, benzol, simob, qo‘rg‘oshin va ftor bilan
zaharlanishning kechishini yengillashtiradi.
R vitamini kremniyli chang ta’sirida kapillyarlar o‘tkazuvchanligini pasaytiradi.
D vitamini kadmiy bilan zaharlanishlarda suyaklar buzilishining oldini oladi.
Yuqoridagilarni hisobga olib turli kimyoviy ishlab chiqarishlarda band bo‘lgan
ishchilar uchun 4 ta maxsus ovqatlanish ratsionlari tavsiya etilgan.
1-ratsion – oltingugurt kislotasi,
plavik kislotasi tuzlari, Cl
2
, xlorli ohak, sianli
qorishmalar ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilar uchun ovqatga qo‘shimcha A (2
mg) va S vitaminlarini (100mg) qo‘shish.
2-ratsion – nordon azotli qo‘rg‘oshin, qo‘rg‘oshin pyeroksidi, kaliy,
qalay va
h.k.larni ishlab chiqarishdagi ishchilar uchun S vitamini (150 mg) 1-ratsion bilan birga
qo‘shiladi.
3-ratsion – karbid, Sa, tellur, selen, 4-xlorli kremniy ishlab chiqarish ishchilariga,
tog‘ ishlarida band bo‘lganlarga, margimushli appatitlar kavlab olishda, qo‘rg‘oshin-
rux konlarida ishlaydigan ishchilar uchun S (150 mg) va V
1
(4 mg) vitaminlari.
4-ratsion – simob, marganes tuzlari, byerilliy, bariy, oltingugurt uglyerodi ishlab
chiqarishda band ishchilar uchun S (150 mg) va V
6
(4 mg) vitaminlari.
Ko‘pchilik zaharli moddalar bilan ishlashda davolash-profilaktika ovqatlanishidan
tashqari, sut bilan ta’minlash ham ko‘zda tutilgan.
Sutning tarkibida oqsillar, yog‘lar va uglevodlar, minyeral moddalar va vitaminlar
optimal nisbatda mavjud bo‘lib, shuning uchun u to‘laqonli ozuqa mahsuloti
hisoblanadi. Bu mahsulot organizmning zaharlarga qarshiligini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: