85
-
mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, Shuningdek transport harakati
bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar;
-
oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq
bo‘lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo‘lganlar;
-
umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning
bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya byerish bilan mashg‘ul bo‘lgan
pedagog va
boshqa xodimlari.
Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayotganida dastlabki tarzda va vaqti-vaqti
bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tilishi lozim bo‘lgan boshqa ishlarning ro‘yxati va ularni
o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan
belgilanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlar tibbiy ko‘riklardan
o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emaslar. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy
komissiyalarning tekshiruvlar natijasida byergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin
tovlagan xodimlarni ish byeruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
Xodimlarning
mehnatidan ularning sog‘lig‘i holatiga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarda foydalanishga yo‘l
qo‘yilmaydi. Agar xodim o‘z sog‘lig‘ining holati mehnat sharoiti bilan bog‘liq holda
yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab
qilishga haqlidir.
Tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmaydilar.
217-modda. Xodimlarni sut, davolash profilaktika oziq-ovqati, gazli sho‘r suv,
shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash
Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan normalar
bo‘yicha:
-
sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari);
-
davolash-profilaktika oziq-ovqati;
-
gazli sho‘r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun);
-
maxsus
kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena
vositalari bilan bepul ta’minlanadilar.
218-modda. Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish
omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan ishga o‘tkazish
Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab
chiqarish omillarining
ta’siridan holi bo‘lgan ishga o‘tkazishga muhtoj xodimlarni ish byeruvchi, ularning
roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana
Shunday ishlarga o‘tkazishi shart.
Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining
ta’siridan xoli bo‘lgan kamroq haq to‘lanadigan ishga o‘tkazilganda
shunday ishga
o‘tkazilgan kunidan boshlab ikki hafta mobaynida xodimlarning avvalgi o‘rtacha oylik
ish haqi saqlanadi.
Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi sababli kamroq haq to‘lanadigan
boshqa ishga vaqtincha o‘tkazilgan xodimlarga shu ishga o‘tgan vaqt uchun, lekin ikki
oydan ortiq bo‘lmagan muddat davomida kasallik varaqasi bo‘yicha yangi ishda
byeriladigan ish haqiga qo‘shilganda xodimning avvalgi ishidagi to‘liq ish haqidan
oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa to‘lanadi. Basharti kasallik varaqasida
86
ko‘rsatilgan muddatda ish byeruvchi boshqa ish topib byerolmagan bo‘lsa,
u holda
shuning oqibatida bekor o‘tgan kunlar uchun nafaqa umumiy asoslarda to‘lanadi.
Ish bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘iga boshqacha
tarzda shikast yetkazilganligi munosabati bilan vaqtincha kamroq haq to‘lanadigan
ishga o‘tkazilgan xodimlarga ularning sog‘lig‘i shikastlanganligi uchun javobgar
bo‘lgan ish byeruvchi avvalgi ish haqi bilan yangi ishda oladigan ish haqi o‘rtasidagi
farqni to‘laydi. Bunday farq mehnat qobiliyati tiklangunga qadar yoki nogironligi
belgilangunga qadar to‘lanadi.
Qonun hujjatlarida sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish
omillarining ta’sirini holi etadigan kamroq haq to‘lanadigan ishga o‘tkazilganda
avvalgi o‘rtacha oylik ish haqini saqlab qolishning yoki davlat ijtimoiy sug‘urtasi
bo‘yicha nafaqa to‘lab turishning boshqacha hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: