24
Oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish,
onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga
ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam
ko‗rsatish, chaqaloqlar va bolalar o‗limini kamaytirish bo‗yicha kompleks chora-
tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish;
Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va
jamiyat boshqaruvidagi o‗rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji
bitiruvchi qizlarining bandligini ta‘minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng
jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash;
Pensionerlar, nogiron, yolg‗iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand
toifalarining to‗laqonli hayot kechirishlarini ta‘minlash uchun ularga tibbiy-
ijtimoiy yordam ko‗rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish;
Farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot
muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan
ta‘minlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxlarining asossiz o‗sishiga yo‗l
qo‗ymaslik bo‗yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Aholi o‗rtasida kasallanish ko‗rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini
ta‘minlash.
Dostları ilə paylaş: