Angren universiteti ―ijtimoiy-gumanitar fanlar‖ kafedrasi


Chuqur o‗ylangan, o‗zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat



Yüklə 252,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/20
tarix24.12.2023
ölçüsü252,47 Kb.
#192096
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Chuqur o‗ylangan, o‗zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat 
sohasidagi ustuvor yo‗nalishlar:
Davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning 
xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatidagi o‗rni va rolini oshirish, 
rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, o‗zbekistonning yon-atrofida 
xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‗shnichilik muhitini shakllantirish; 
O‗zbekiston 
respublikasining 
xalqaro 
nufuzini 
mustahkamlash, 
mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to‗g‗risida jahon hamjamiyatiga xolis 
axborot yetkazish; 
O‗zbekiston respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy 
faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning 
shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; 
Davlat chegarasini dyelimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal 
etish.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi 
Farmoniga 
SHARH 
Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli 
fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk 
ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon 


29 
hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda 
O‗zbekistonning munosib o‗rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar 
amalga oshirildi. 
Bosib o‗tilgan yo‗l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, 
mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon 
talablaridan kelib chiqqan holda, oldimizda demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish 
va 
mamlakat 
taraqqiyotini 
jadallashtirishning 
muhim 
ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasi turgan edi. 
Mazkur vazifani amalga oshirish yo‗lida aholining keng qatlamlari, 
jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va 
mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek 
amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy 
materiallari, ma‘ruzalari, tavsiyalari va sharhlari o‗rganildi, rivojlangan xorijiy 
mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi. 
Kelib tushgan takliflarni jamlash, chuqur o‗rganish hamda umumlashtirish 
asosida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi Farmoni 
loyihasi ishlab chiqilib, u bilan: 
2017 — 2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‗rinlarda — 
Harakatlar strategiyasi); 
Harakatlar strategiyasini ―Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili‖da 
amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi o‗rinlarda — Davlat dasturi) 
tasdiqlandi. 
Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg‗in 
muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot 


30 
maydonlariga joylashtirildi, ularning natijasida ko‗plab taklif va mulohazalar 
kelib tushdi. Fuqarolar siyosiy-huquqiy borada yuksak faollik ko‗rsatib, olib 
borilayotgan islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar. 
Xususan, loyihalarning ―Qonun hujjatlari ta‘sirini baholash tizimi‖ 
portalida yo‗lga qo‗yilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bo‗yicha 1 310 ta 
taklif va mulohaza kelib tushib, ular asosida Davlat dasturining 41 ta bandi qayta 
ko‗rib chiqildi. 
Shu bilan birga, 2017-yil 23 — 27-yanvar kunlari Toshkent shahrida 
media-haftalik va xalqaro davra suhbati tashkil etilib, ularda 1 300 dan ortiq 
mutaxassis va ekspert, jamoatchilikning, ommaviy axborot vositalarining
diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlarning, shuningdek O‗zbekistonda faoliyat 
yuritayotgan yirik xorijiy investorlarning vakillari ishtirok etishdi. 
Harakatlar strategiyasiga O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar 
vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‗ida bildirilgan 
mamlakatni 
ijtimoiy-siyosiy, 
sotsial-iqtisodiy, 
madaniy-gumanitar 
rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi. 
Harakatlar 
strategiyasining 
maqsadi 
olib 
borilayotgan 
islohotlar 
samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va 
jadal rivojlanishini ta‘minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni 
modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir. 
Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo‗nalishi 
belgilangan: 
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; 
2. Qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh 
qilish; 


31 
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; 
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish; 
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy ag‗rikenglikni ta‘minlash, 
chuqur o‗ylangan, o‗zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. 
Mazkur yo‗nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va 
yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‗limlardan iborat. 
Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda 
tutilmoqda, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga 
oshirish bo‗yicha Davlat dasturi tasdiqlanadi. 
Davlat dasturining ―Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish‖ deb 
nomlangan birinchi yo‗nalishini amalga oshirishda davlat hokimiyati tizimida 
Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan 
yaxshilash, davlatning hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish nazarda 
tutilgan. 
Davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo davlat xizmatini isloh 
qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy 
sektorlarning o‗zaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, ―Elektron 
hukumat‖ tizimini rivojlantirish bo‗yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish 
rejalashtirilgan. 
Xalq bilan samarali muloqotni ta‘minlash Davlat dasturining eng muhim va 
dolzarb vazifalaridan biri bo‗ldi. Shu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini 
takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini 
yanada rivojlantirish, shuningdek mahallaning jamiyat hayotidagi rolini 
kuchaytirish nazarda tutilmoqda. 


32 
Davlat dasturining ikkinchi yo‗nalishi qonun ustuvorligini va sudning 
chinakam mustaqilligini ta‘minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Jumladan, 
qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta‘minlashi kerak bo‗lgan Oliy sud 
kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga 
oshirish rejalashtirilmoqda. 
Ma‘muriy sudlarni, xo‗jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellatsiya 
sudlarini tuzish, sudya yordamchisi lavoziini ta‘sis etish orqali sudlarni kelgusida 
ixtisoslashtirish va ularning devonini mustahkamlash nazarda tutilmoqda. 
Sansalorlikka va ishlarning ko‗rib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz 
cho‗zib yuborilishiga yo‗l qo‗ymaslik maqsadida protsessual qonun hujjatlarini 
takomillashtirish, quyi instansiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf 
etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instansiyalarining 
vakolatlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda. 
Ushbu yo‗nalish doirasida barcha huquqni muhofaza qilish va nazorat 
organlari, davlat hamda xo‗jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati 
organlari rahbarlarining xalq bilan bevosita muloqotini yo‗lga qo‗yish chora-
tadbirlarini ro‗yobga chiqarish, aholi ularga erkin murojaat eta olishini 
ta‘minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda erkinliklari 
buzilganligi to‗g‗risidagi murojaatlarning, xabarlarning o‗z vaqtida olinishini 
ta‘minlash nazarda tutilmoqda. 
Huquqbuzarliklarning oldini olish tizimiga, jinoyatchilikka qarshi 
kurashish va jamoat tartibini saqlash bo‗yicha ichki ishlar organlarining 
faoliyatini tubdan takomillashtirishga alohida e‘tibor qaratiladi. 
Shuningdek, ushbu yo‗nalish 2018 — 2021-yillarda jinoyat va jinoyat-
protsessual qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish konsepsiyasini ishlab 
chiqishni, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari xodimlarini o‗qitish, 


33 
tanlash va joy-joyiga qo‗yish tizimini takomillashtirishni, murojaatlarni 
muntazam tahlil qilishni hamda vaqti-vaqti bilan uning natijalarini e‘lon qilib 
borishni, advokaturani rivojlantirishni, notariat tizimini va FHDY organlarini 
isloh qilishni ham o‗z ichiga oladi. 
―Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish‖ deb nomlangan 
uchinchi yo‗nalishda ko‗rsatilgan chora-tadbirlarni ro‗yobga chiqarish uchun 
milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta‘minlash, valyutani tartibga 
solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, 
mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni 
kengaytirish, eksportga mo‗ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish 
uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, 
tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy 
jozibadorlikni oshirish, soliq ma‘murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga 
solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko‗p tarmoqli 
fermer xo‗jaliklarini rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal 
rivojlantirish nazarda tutilmoqda. 
Shuningdek, ushbu yo‗nalish xususiy mulkni, moliya bozorini himoya 
qilish, qishloq xo‗jaligini modernizatsiyalash, zargarlik sohasini rivojlantirish, 
ayrim milliy korxonalarning aksiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga 
dastlabki tarzda joylashtirishga tayyorgarlik ko‗rish chora-tadbirlarini ham o‗z 
ichiga oladi. 
2017 — 2021-yillarda umumiy qiymati 40 milliard aqsh dollari 
miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini 
ro‗yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat 
mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 
33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‗i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha 
oshadi. 


34 
―Ijtimoiy sohani rivojlantirish‖ deb nomlangan to‗rtinchi yo‗nalish aholi 
bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini 
saqlash, 
yo‗l-transport, 
muhandislik-kommunikatsiya 
hamda 
ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz 
bilan ta‘minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‗rsatiladigan 
ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi 
maqomini oshirish, sog‗liqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha ta‘lim 
muassasalarining qulayligini ta‘minlash, umumiy o‗rta ta‘lim, o‗rta maxsus va 
oliy ta‘lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini 
amalga oshirishni nazarda tutadi. 
Xususan, hududlarni har tomonlama rivojlantirish bo‗yicha qariyb 25 
mingta investitsiya loyihasini ro‗yobga chiqarish hisobiga 256,4 ming ish o‗rni 
tashkil etish orqali aholini ish bilan ta‘minlash dasturlarini to‗liq ijro etish 
nazarda tutilgan. Ishsizlik darajasi eng yuqori bo‗lgan mintaqalarda 46,8 ming 
yangi ish o‗rni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ta‘lim 
muassasalarining 
10 
ming 
nafar 
bitiruvchisiga 
kreditlar 
ajratish 
rejalashtirilmoqda. 
Katta yoshli avlodni qo‗llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish tartibini 
takomillashtirish, sog‗liqni saqlash sohasini isloh qilish chora-tadbirlari kiritilgan. 
Jumladan, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‗p 
tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta 
maxsus avtotransport bilan ta‘minlash rejalashtirilmoqda. 
Qishloq joylarda 15 mingta arzon uy-joy, 415 kilometrlik suv ta‘minoti 
quvurlari, 316 kilometrlik gaz ta‘minoti quvurlari va 291 kilometrlik ichki yo‗llar 
qurish rejalashtirilgan. Aholiga transport xizmatlari ko‗rsatish sifatini yaxshilash 
maqsadida 86 ta yangi avtobus yo‗nalishini joriy etish va 537 ta zamonaviy 
avtobus xarid qilish nazarda tutilmoqda. 


35 
―Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglikni ta‘minlash, 
chuqur o‗ylangan, o‗zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish‖ deb 
nomlangan beshinchi yo‗nalish doirasida respublikaning konstitutsiyaviy 
tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-
tadbirlarni ro‗yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-
huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan 
xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini 
yumshatish, shuningdek Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor 
yo‗nalishlari konsepsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini 
ishlab chiqish nazarda tutilmoqda. 
Shu bilan birga, xorijiy hamkorlar bilan siyosiy-diplomatik sohadagi 
hamkorlikni 
rivojlantirishga 
doir ―Yo‗l xaritalari‖ni ishlab chiqish, 
O‗zbekistonning xorijiy hamkorlar bilan 2017-yilga mo‗ljallangan savdo-
iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan 
rivojlantirish va kengaytirish rejalashtirilmoqda. 
Davlat dasturining yuqorida qayd etilgan barcha chora-tadbirlarini amalga 
oshirishga 37,7 trillion so‗m va 8,3 milliard aqsh dollari yo‗naltiriladi. 
Kelgusi besh yilda mamlakatni rivojlantirishning strategik va ustuvor 
yo‗nalishlarini belgilash maqsadida Farmon asosida, O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti boshchiligida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‗yicha Milliy 
komissiya tuzilmoqda. 
Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to‗liq, o‗z vaqtida va sifatli bajarilishini 
nazorat qilish Harakatlar strategiyasi beshta yo‗nalishining har biri bo‗yicha 
tuzilgan komissiyalar zimmasiga yuklatilgan. 
Ushbu komissiyalar zimmasiga nafaqat yuqorida qayd etilgan vazifalarni 
amalga oshirish, balki 2018 — 2021-yillarga mo‗ljallangan Harakatlar 


36 
strategiyasini amalga oshirish bo‗yicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini 
tayyorlash ham yuklatilmoqda. 
Harakatlar 
strategiyasining 
amalga 
oshirilishi 
O‗zbekiston 
Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan 
bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik 
jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat 
chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy 
bag‗rikenglikni ta‘minlash yo‗lidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch 
bag‗ishlaydi.
Maʼlumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yilning 
sentyabrida Barqaror rivojlanish bo‗yicha o‗tkazilgan sammitida 2030-yilgacha 
bo‗lgan davrda davlat va hukumat rahbarlari tomonidan qabul qilingant hujjat 
prinsipial jihatdan yangi global majburiyat hisoblanadi. Barqaror rivojlanishining 
17-maqsadi va tegishli vazifalar keng miqyosli masalalarni, yaʼni sog‗liq va 
farovonlikdan tortib to iqlim o‗zgarishlarigacha, gender tengligidan tortib isteʼmol 
va ishlab chiqarish modellari o‗zgarishlarigacha bo‗lgan jarayonni qamrab olgan.
Barqaror rivojlanish maqsadlarida nafaqat turli sohalarda ustuvor yo‗nalishlar, 
yangi keng ko‗lamli vazifalar belgilab olinayapti, balki ularda yangi ufqlar ham o‗z 
ifodasini topmoqda. Birinchi marta xalqaro shartnomada rivojlanish jarayonida 
umumiy manfaatlarni hisobga olgan holda faoliyat yuritadigan, samarali va 
hisobdor muassasalar hal qiluvchi rol o‗ynashi tan olindi.
16-maqsad yoki boshqaruv maqsadi Parlamentlararo ittifoq va BMT Taraqqiyot 
dasturining azaliy nuqtai nazarini aks ettiradi. Yaʼni, demokratik boshqaruv 
shunchaki emas, balki barqaror rivojlanish, tinchlik va odil sudlovga erishish 
yo‗lida muhim vosita hisoblanadi. Parlamentlar qonunchilik va nazorat 
vakolatlariga ega bo‗lgan muhim vakillik organi sifatida ushbu maqsadga 
erishishdan bevosita manfaatdordirlar.


37 
So‗ngi yillarda O‗zbekistonda jamiyat hayotining barcha sohalarini yana-da isloh 
qilishning yangi bosqichiga o‗tildi. O‗zbekiston Prezidenti tomonidan 2017-yil 7-
fevralda 
tasdiqlangan 
2017-2021-yillarda 
O‗zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi 
Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish bo‗yicha mamlakatimizning milliy ―yo‗l 
xaritasi‖ sifatida xizmat qilmoqda.
Taʼkidlash joizki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish 
maqsadlariga to‗la hamohang bo‗lgan Harakatlar strategiyasiga muvofiq qabul 
qilinayotgan Davlat dasturlariga binoan ishlab chiqilib, hayotga tadbiq 
qilinayotgan qonunlar mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qonun ijodkorligi va 
parlament nazorati faoliyati doirasida tegishli ishlar belgilab olingan. Xususan, 
parlament O‗zbekistonning ―Barqaror rivojlanish maqsadlari‖ga erishish bo‗yicha 
Hukumat tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‗lgan ishlar yuzasidan muntazam 
ravishda Parlament va Qo‗mita eshituvlarini amalga oshirmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabridagi qarori 
2030-yilgacha bo‗lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish 
maqsadlarini izchil amalga oshirish bo‗yicha tizimli ishlarni tashkil etish 
maqsadida Milliy indikatorlarni ishlab chiqaradi.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik 
palatasi birinchi yig‗ilishidagi nutqida ―Bundan buyon
Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish bo‗yicha vazirlar 
hisobotlarini eshitishni yo‗lga qo‗yishi lozim‖ deb taʼkidlagan edi. Shu nuqtai 
nazardan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining 2020-yil 27-
fevraldagi ―O‗zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy 
maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha bo‗lgan davrda amalga oshirilishini 
nazorat qilish bo‗yicha Parlament komissiyasini tuzish to‗g‗risida‖gi qo‗shma 


38 
qarori mamlakatimizda 2030-yilga qadar yuqorida keltirilgan keng ko‗lamli 
maqsadlarga hamohang ekanini tasdiqlovchi muhim qadamdir.
Parlament komissiyasining videokonferensiya shaklida bo‗lib o‗tgan ilk 
yig‗ilishida BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarining 5 yildagi yakunlariga, 
yaʼni O‗zbekistonning milliy ixtiyoriy hisobotini atroflicha muhokama qilindi.
Albatta, Barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsadlarning to‗la to‗kis amalga 
oshirilishi jamiyatning izchil rivojlanishiga, xalq farovonligi va turmush sifatining 
yana-da yaxshilanishiga, O‗zbekistonning xalqaro imijining yuksalishiga xizmat 
qiladi.

Yüklə 252,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin