11.4. Asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish
Buxgalteriya hisobi to ‘g ‘risidagi qonunchilikda barcha xo‘jalik
operatsiyalarini boshlang‘ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish b o ‘yicha
talab mavjud. Hujjatlashtirish yordamida xo ‘jalik operatsiyalari amalga
oshirilgan paytda va ular sodir etilgan joyda yoppasiga aks ettirish
amalga oshiriladi. Shunday qilib, hujjatlashtirish bu barcha yozuvlar
boshlang‘ich hujjatlarga asosan amalga oshiriladigan buxgalteriya
hisobining ajralib turadigan usullaridan biridir69.
Obyektlami
asosiy
vositalar tarkibiga qo‘shish va ulami
foydalanishga
kiritish,
shuningdek
obyektlami
asosiy
vositalar
69 G a d o e v E. v a b o sh q . Y illik h iso b o t-2 0 0 8 . Т .: N O R M A , 2 0 0 9 . 61-b.
332
tarkibidan chiqib ketishini (tugatish bundan mustasno) hisobga olish
uchun quyidagi hujjatlar nazarda tutilgan:70
Asosiy vositalami (bino, inshootlardan tashqari) qabul qilish-
topshirish dalolatnomasi A V -l-son shakl. Bunday hujjat bilan xususan
o‘matish yoki yirik hajmdagi yig‘ishni talab qilmaydigan mashina va
asbob-uskunalami hamda o ‘m atish (yirik hajmdagi yig‘ish)ni talab
qiladigan
mashina
va
asbob-uskunalami
foydalanishga
kiritish
rasmiylashtiriladi. Har bir inventar obyekti bo‘yicha texnik hujjatlar
lavozim majburiyatlariga texnik hujjatlami tezkor hisobini yuritish va
saqlanishini nazorat qilish kiradigan funksional xizmatlar (bosh
mexanik, bosh energetik va hokazolar) orqali foydalanish joyiga
beriladi.
Asosiy vositalami (bino, inshootlar uchun) qabul qilish-topshirish
dalolatnomasi A V -la-son shakl. Yuqorida sanab o ‘tilgan dalolatnomalar
korxonalarda yoki korxonalar o ‘rtasida quyidagi hollarda kelib tushgan
obyektlami asosiy vositalar tarkibiga qo ‘shish va ulami foydalanishga
kiritishni hisobga olish (o ‘matishni talab qilmaydigan obyektlar uchun -
xarid qilingan vaqtda, o ‘matishni talab qiladigan obyektlar uchun -
ulami o ‘matishdan qabul qilingandan va foydalanishga topshirilgandan
keyin) uchun asosiy vositalar obyektlarini qabul qilish, qabul qilish-
topshirish operatsiyalarini rasmiylashtirish va hisobga olish uchun
foydalaniladi.
Dalolatnomalar oluvchi va topshimvchi korxonalar rahbarlari
tomonidan tasdiqlanadi va uchta nusxada tuziladi. Dalolatnomaga
mazkur asosiy vositalar obyektiga tegishli texnik hujjatlar ilova qilingan
bo‘lishi kerak.
Korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma texnik huj
jatlar bilan birga korxonaning buxgalteriyasiga beriladi. Korxonaning
buxgalteriyasi ushbu dalolatnomaga asosan inventar kartochkasi ochadi
yoki inventar kartochkaga asosiy vositalar obyektini chiqib ketishi
bo‘yicha belgi qo ‘yadi. Har bir aniq inventar obyektga tegishli texnik
70 O rtiqov X .A va boshqalar. 0 ‘zbek
isto n
Respublikasi buxgalteriya hisobinig m illiy standartlarga sharhlar to ‘plami.
- T . “N ORM A ”, 2010. 306-b
333
hujjatlar inventar kartochkaga tegishli belgi qo ‘yish bilan foydalanish
joyiga berilishi mumkin.
Asosiy vositalami obyektlar bo‘yicha analitik hisobga olish uchun
m o‘ljallangan boshlang‘ich hujjatlar bo‘lib, quyidagi shakllardagi in
ventar kartochkalar hisoblanadi:71
- Asosiy vositalami hisobga olishning inventar kartochkasi - har
bir inventar obyekti bo‘yicha yuritiladi (AV-6-son shakl). Asosiy
vositalar obyektlari guruhlarini hisobga olishning inventar kartochkasi -
bir birligi uchun bir xil qiymatga ega, foydalanish maqsadi bir xil
bo‘lgan bir turdagi obyektlar guruhi bo‘yicha yuritiladi (AV-6a-son
shakl).
- Asosiy vositalar obyektlarini hisob olishning inventar daftari -
foydalanishdagi asosiy vositalar obyektlarining soni unchalik ko‘p
bo ‘lmaganda inventar kartochkaning o ‘m ida qo‘llanishi mumkin (AV-
6b-son shakl). Odatda inventar daftami kichik tadbirkorlik subyektlari
yuritadi.
Inventar kartochka har bir inventar obyektiga ochiladi. Inventar
kartochkalar asosiy vositalami amortizatsiya guruhiga qo‘shilishi
tasnifini qo'llanishiga qarab kartotekalarga, kartotekalaming ichida esa
bo‘limlarga, kichik bo‘limlarga, sinflarga va kichik sinflarga -
foydalanish joyi bo ‘yicha (korxonaning tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha)
guruhlanishi mumkin.
Asosiy vositalar obyektlarining soni katta bo‘lmagan korxonalar
obyektlar bo‘yicha hisobga olishni
asosiy
vositalar obyektlari
to‘g ‘risidagi zarur m a’lumotlami ulaming turlari va joylashgan joyi
bo‘yicha ko‘rsatish bilan inventar daftarda amalga oshirishi mumkin.
Inventar kartochkani to ‘ldirish, asosiy vositalami qabul qilish-
topshirish dalolatnomalari, asosiy vositalar inventar obyektini texnik
pasportlari va ulam i xarid qilish, qurish, o ‘tkazish va chiqib ketishi
b o ‘yicha boshqa hujjatlarga asosan amalga oshiriladi. Inventar kartochka
(inventar daftar)da quyidagilar keltirilgan bo‘lishi kerak: asosiy vositalar
71 O rtiqov X. A va boshqalar. 0 ‘zbekiston R espublikasi buxgalteriya hisobinig m illiy standartlarga sharhlar to ‘plami.
- T . “N O R M A ”, 2010. 307-b
334
obyektlari to‘g ‘risidagi asosiy m a’lumotlar, uning foydali ishlatilish
muddati; amortizatsiya hisoblash usullari; amortizatsiya hisoblanmasligi
to‘g ‘risida belgi (agar joy nazarda tutilgan bo ‘Isa); obyektning alohida
xususiyatlari. Xarid qilishda qiymati chet el valyutasida ifodalangan
asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha m a’lumot tartibida uning chet el
valyutasidagi shartnoma qiymati ham ko ‘rsatiladi.
Asosiy vositalar obyektlari guruhlarini hisobga olishning inventar
kartochkasi (AV-6a-son shakl)da yozuvlar to‘g ‘ri chiziqli usulda amalga
oshiriladi, qisqa tavsif esa m azkur registrda hisobga olinadigan
obyektlar guruhi bo‘yicha umumiy holda keltiriladi. Bunda har bir
obyekt guruhlariga alohida inventar raqami beriladi.
Buxgalteriya hisobiga qabul qilingan asosiy vositalar obyektla-
rining hamda chiqib ketayotgan asosiy vositalar obyektlarining inventar
kartochkalari oy mobaynida (oy oxirigacha) boshqa asosiy vositalaming
inventar kartochkalaridan alohida joy da turishi mumkin. Barcha inventar
kartochkalardagi summalaming umumiy yakuniy summasini, asosiy
vositalami hisobga oluvchi schyotlar (OlOO)ning va 0310 “Moliyaviy
ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyotining hisobot
oyi oxiridagi qoldig‘i bilan buxgalteriya tekshimvini har oyda o ‘tkazish
majburiy bo‘lib hisoblanadi.
Agar asosiy vositalar obyektining qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha
tarzda asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstmksiya qilish, modemi-
zatsiya qilish natijasida uning boshlang‘ich qiymatini ko‘paytirish
to ‘g ‘risida qaror qabul qilinsa, u holda inventar kartochkada asosiy
vositalar obyektining boshlang‘ich qiymatida tuzatishlar aks ettiriladi.
K o‘rsatilgan inventar kartochkada tuzatishni aks ettirish qiyin bo‘lsa, u
holda qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha tarzda asbob-uskunalar bilan
jihozlash, rekonstmksiya qilish, modemizatsiya qilishni tavsiflovchi
yangi k o ‘rsatkichlami aks ettirish o ‘m iga yangi inventar kartochka
(oldin berilgan inventar raqamni saqlagan holda) ochiladi. Bu asosiy
vositalami qayta baholashga ham tegishlidir.
Asbob-uskunalami, shu jum ladan o'm atishni talab qiladiganlarini
rasmiylashtirish uchun quyidagi boshlang‘ich hujjatlardan foydalaniladi:
335
- Asbob-uskunalami qabul qilish (kelib tushishi) to ‘g ‘risidagi
dalolatnoma (AV-14-son shakl).
- Asbob-uskunalami o ‘matishga qabul qilish to ‘g ‘risidagi dalo
latnoma (AV-15-son shakl).
- Asbob-uskunalarda aniqlangan nosozliklar to ‘g ‘risidagi dalolat
noma (AV-16-son shakl).
Asbob-uskunalarda aniqlangan nosozliklar to‘g ‘risidagi dalolat
noma (AV-16-son shakl) asbob-uskunalami o ‘matish, sozlash yoki
sinash jarayonida, shuningdek nazorat natijasi bo ‘yicha aniqlangan
nosozliklar bo ‘yicha tuziladi va mol yetkazib bemvchining manziliga
da’vo materiallarini yoki d a’vo arizasini shakllantirish uchun hujjatlar
jildining hujjatlaridan biri b o ‘lib hisoblanadi72.
Asosiy vositalar obyektlari korxona ichida tez-tez bir tarkibiy
boiinm adan boshqasiga o ‘tkazib turiladi. Tarkibiy b o ‘linmalaming
buxgalteriya hisobida asosiy vositalar obyektlarini ichki harakati
bo‘yicha yozuvlami aks ettirish uchun asos bo‘lib “Asosiy vositalar
obyektini ichki harakati yukxati” (AV-2-son shakl) hisoblanadi.
“Asosiy vositalar obyektini ichki harakati yukxati” (AV-2-son
shakl) berayotgan b o iin m a tomonidan uch nusxada to‘ldiriladi, oluvchi
va topshiruvchi tarkibiy b o ‘linmaning m as’ul shaxslari tomonidan
imzolanadi. Birinchi nusxa buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxa
asosiy vositalami berayotgan boiinm aning moddiy javobgar shaxsida
qoladi, uchinchi nusxa esa asosiy vositalami oluvchi b o iinm aga
yo‘naltiriladi.
Asosiy vositalar obyektlarini o‘tkazilishi to‘g ‘risidagi m a’lumotlar
korxonaning buxgalteriyasida saqlanadigan mazkur asosiy vositalar
obyektiga ochilgan inventar kartochkaga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: |