Balansning to‘g ‘riligi balansni tuzishda asoslanilgan hujjatlaming
to‘laligi va sifati bilan ta’minlanadi. Agar hisobot davrida xo‘jalik
faoliyatining
barcha
muomalalari
o ‘z
vaqtida
hujjatli
rasmiylashtirilmagan yoki noto‘g ‘ri rasmiylashtirilgan bo‘lsa, unda
balans korxona ishining haqiqiy yakunini aks ettirmaydi. Buxgalteriya
balansining har bir moddasi hujjatlar, buxgalteriya hisobvaraqlaridagi
yozuvlar, buxgalteriya hisob-kitoblari va inventarlash bilan tasdiqlangan
bo‘lishi kerak. Buxgalteriya balansi m a’lumotlarini qasddan buzish
niqoblash deyiladi. Balansni niqoblash qoida buzilishlarini yashirish
maqsadida atayin va balansni tuzish bo‘yicha ayrim qoidalardan
bexabarlik oqibatida bilmasdan qilingan bo‘lishi mumkin.
Balansning realligi moddalar bahosining obyektiv voqelikka
muvofiq kelishini anglatadi. Balansning “to ‘g ‘riligi” va “realligi”
tushunchalarini bir-biriga aralashtirmaslik kerak. Balans to ‘g ‘ri, ammo
noreal bo‘lishi mumkin, y a’ni balans m a’lumotlari hujjatlar asosida
tuzilgan bo‘ladi va haqiqiy mavjud m ablag‘lami ko‘rsatadi, ammo uning
ayrim moddalari real sharoitni, masalan, asosiy vositalar
m a’naviy
eskirganligi, debitorlik qarzini talab qilib olib bo‘lmasligi va shu
kabilami ko‘rsatmaydi.
Balansning yaxlitligi balansni yagona hisobga olish va baholash
tamoyillari bo‘yicha tuzilishini, y a’ni korxonaning barcha tarkibiy
boMinmalarida va tarmoqlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining
bir xildagi mazmuni, ulam ing korrespondensiyasi va shu kabilar
qo‘llanilishini anglatadi.
Balansning izchilligi har bir keyingi balans oldingi balansdan
kelib chiqishi lozimligida ifodalanadi. Masalan, oldingi yil yakuniy
balansi (yil oxiriga bo‘lgan m a’lumotlar) yil boshiga bo‘lgan
boshlang‘ich balansi ma’lumotlari bo ‘lishi kerak, chunki hisobot yili
oldingi yilning davomi hisoblanadi.