Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov
Netto-balans — bu tartibga soluvchi moddalar (shartnomaiv va
kontrpassiv schyotlar) qoldiqlari mos ravishda tegishli moddalardan
ayirib tashlangan, y a ’ni tozalangan balansdir.
Netto-balans - balans tarkibida tartibga soluvchi mooddalaming
tegishli moddalardan ayrib tashlangan balansidir.18
Netto (netto) so‘zi ham italyancha bo‘lib, “s o f ’, “toza” degan
ma’nolami bildiradi. Hozirgi vaqtda balansning buxgalteriya hisobi
xalqaro standartlariga muvofiq aniqlangan,
netto-balansiga mos
keladigan shakli qo‘llaniladi. Masalan, “asosiy vositalaming eskirishi”,
“nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi”, “savdo ustamasi” va hokazolar
aktivdagi tegishli moddalardan mos ravishda chegirib tashlanib, ulaming
sof qoldig‘i ko‘rsatiladi. Passivda esa kontrpassiv schyotlar qoldig‘i,
masalan, “sotib olingan xususiy aksiyalar” moddasining qoldig‘i u bilan
bog‘liq tegishli modda, y a’ni “Ustav kapitali” moddasi qoldig‘idan
chegirib tashlanadi.
0 ‘zbekistondagi barcha korxonalar netto-balans tuzadi (1993-
yildan boshlab).
Korxona moliyaviy ahvolining yomonlashishiga qarab tugatish
balanslari quyidagi ko‘rinishlarda tuziladi:
* kirishni tugatish balansi;
s oraliq tugatish balansi;
v' yakuniy tugatish balansi.
Ulaming har biri tugatilayotgan korxona mulklarini sotish mumkin
bo‘lgan bahoda baholanib tuziladi.
|
Balansga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:
♦balansning to ‘g ‘riligi;
♦balansning realligi;
♦balansning yaxlitligi;
17 F in a n cia l a n d m a n a g e ria l a c c o u n tin g . 12e. C a rl S. W a rre n , J a m e s M .R e e v e , J o n a th a n E .D u c h a c . 2 0 1 4 . 26 p.
18 F in a n cia l a n d m a n a g e ria l a c c o u n tin g . 12e. C arl S .W arren , J a m e s M .R e ev e , J o n a th a n E .D u c h a c . 2 0 1 4 . 26 p.
42