3.2. Ikkiyoqlama yozuv. Ikkiyoqlama yozuvning nazorat
qilish xususiyatlari
Har bir xo jalik operatsiyasi mablag‘ning tuzilishida yoki
manbaning tuzilishida yoki bir vaqtda ham mablag‘da ham
manbada bir
xil summada о zgarishiga olib keladi. Bunday o ‘zgarishlami qayd qilish
uchun buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv usuli qo‘llaniladi.
Ikkiyoqlama yozuv
shunday yozuvki,
uning natijasida har bir
xo‘jalik operatsiyasining summasi schyotlarda ikki marotaba: bir schyot
debetida va
ayni vaqtda o ‘zaro bog‘liq bo'lgan
boshqa schyotning
kreditida qayd qilinadi.
Chunki
xo‘jalik
operatsiyalari yuzaga
keltiradigan о zgarishlar ikkiyoqlama xususiyatga ega
va hisobning ikki
alohida schyotiga ta’sir etadi.
1494-yilda italiyalik matematik Luka Pacholi ikki yoqlama yozuv
usulini asoslab bergan. Uning “Schyotlar va yozuvlar to ‘g ‘risidagi
traktatida” (lot. tractatus - muhokama) yozuvlami bir vaqtning o ‘zida
“bermoq” va “ega bo‘lmoq” schyotlarda aks ettirish va “bermoq” va
ega
bo lmoq
schyotlaming summalarining yig‘indisi o ‘zaro teng
kelishi kerak deb aytgan.
Ikkiyoqlama yozuv vositasida schyotlar o ‘rtasidagi paydo bo‘lgan
о zaro
aloqa
schyotlar
korrespondensiyasi
deyiladi.
Bu
korrespondensiyada qatnashuvchi schyotlar korrespondensiyalanuvchi
schyotlar deb ataladi.
Schyotlar korrespondensiyasini aks
ettiruvchi qisqacha yozuv
buxgalteriya provodka (o ‘tkazma)si
deyiladi. Buxgalteriya provodkalari
oddiy va murakkab bo ‘ladi.
Oddiy buxgalteriya provodka (o ‘tkazm a)si
deb, m a’lum bir
xo jalik operatsiyasining
faqat bir schyotning
debeti va boshqa bir
schyotning kreditida aks ettirilishiga aytiladi
Dostları ilə paylaş: