Sintetik schyotlar xo ‘jalik mablag‘lari va ular manbalari haqida
umumiy va qiymat ko ‘rinishidagi m a’lumotlami olish maqsadida hisob
yuritishga m o‘ljallangan.
Analitik schyotlar m a’lumotlari xo ‘jalik m ablag‘lari va ulami
manbalarini nafaqat qiymat, balki natura hamda mehnat o ‘lchovi
birliklarida yuritishga m o‘ljallangandir.
Analitik schyotlar bo‘yicha
buxgalteriya provodkalari amalga oshirilmaydi.
Korxona b a’zi xo ‘jalik mablagMari hisobini yuritishda bir necha
bahodan foydalanish zaruriyati tug‘iladi. Shunday mablag‘lar va ular
tashkil topish manbalari hisobini yurituvchi schyotlar
tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi.
ToMdiruvchi schyotlar tegishli mablag‘ va ular tashkil topish
manbalari hisobini yuritishga m o‘ljallangan schyot ma’lumotlarini
to‘ldirish uchun m o‘ljallangan.
Taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar korxonaning ba’zi bir
xarajatlarini hisobga olish va ulami kalkulyatsiya obyektlari yoki
hisobot davrlari o ‘rtasida to ‘g ‘ri taqsimlash maqsadida qo'llaniladi
Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar m a’lum xo‘jalik
jarayonidagi xarajatlami bir oy davomida hisobga olish, xarajatlami
iqtisodiy mazmuniga qarab, guruhlashtirish va ulami kalkulyatsiya
obyektlari o ‘rtasida oldindan qabul qilingan biror bazisga nisbatan
mutanosib ravishda taqsimlash uchun xizmat qiladi.
Kalkulyatsiya schyotlari korxona
faoliyatida
mahsulotlar,
sotilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxini
aniqlash uchun xarajatlar hisobini yuritishga m o‘ljallangan.
Taqqoslovchi schyotlar ayni bir muomalalar yoki korxonaning
butun bir moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijasini aniqlash uchun
ishlatiladi.
48