O‘zbekiston respublikasida siyosiy partiyalar faoliyatini rivojlantirishning ba’zi masalalari


partiyalar faoliyatini davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash hisoblanadi



Yüklə 66,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix24.12.2023
ölçüsü66,96 Kb.
#192374
1   2   3   4   5   6
o-zbekiston-respublikasida-siyosiy-partiyalar-faoliyatini-rivojlantirishning-ba-zi-masalalari


partiyalar faoliyatini davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash hisoblanadi.
Hozirgi kunda respublikamizda Xalq Demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-
demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, tadbirkorlar va 
ishbilarmonlar harakati – O„zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda 
O„zbekiston ekologik partiyalari faoliyat yuritib kelmoqdalar. Barcha siyosiy 
partiyalar o„z faoliyatlarini Konstitutsiya va O„zbekiston Respublikasi Qonunlari 
asosida amalga oshiradilar. Shu boisdan, siyosiy partiyalar qonun asosida tashkil 
etilishi va faoliyat olib borishi, bir maqsadli shaxslarni birlashtirishi, muayyan dasturi 
va yo„nalishiga ega bo„lishi, boshqa jamoat tashkilotlari orasida o„zining rasmiyligi 
va muhimligi bilan ajralib turishini ta‟kidlash lozim. 
Jamiyat hayotida qonuniylik mezonlari to„liq joriy etib borilishi davlatning 
faoliyatida o„z aksini topishi va doimo mustahkamlanib borilishini taqozo etadi. Aynan 
shu maqsadlarga mos holda O„zbekistonda islohotlarning muhim yo„nalishlari etib 
hokimiyatni bo„linish tamoyilini amalga oshirishni ta‟minlash, jamiyat siyosiy tizimida 
parlamentni rivojlantirish, partiyalarning rolini oshirish kabi masalalar belgilab 
olingan. Bu yo„lda jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida “Kuchli davlatdan – 
kuchli fuqarolik jamiyati sari” g„oyasi asosida ijobiy natijalarga erishilmoqda. 
 
 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 9 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
200
 
September, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Ko„p partiyaviylik – demokratik davlatlarda siyosiy hayotni tashkil etishning 
asosiy konstitutsiyaviy prinsiplaridan biri, siyosiy va mafkuraviy plyularizmni ancha 
umumiy bo„lgan prinsipining ifodasi hisoblanadi. Ko„p partiyaviylik prinsipi yuridik 
jihatdan davlat fuqarolarning o„z dunyoqarashlariga muvofiq tarzda siyosiy 
partiyalarga birlashish huquqini, barcha siyosiy partiyalarning qonun oldida tengligini, 
ular faoliyati erkinligini tan olishi va kafolatlashini anglatadi. Ko„p partiyalilik prinsipi 
vakolatli davlat organlarining milliy, irqiy, diniy yoki ijtimoiy murosasizlikni, qonuniy 
davlat hokimiyat organlarini kuch ishlatib ag„darishni targ„ib qiladigan yoki boshqa 
yo„sinda amalda bo„lib turgan qonunchilikni buzadigan siyosiy partiyalarni qonunda 
belgilangan tartibda ta‟qiqlashi va tarqatib yuborishni mustasno qilmaydi. 
Binobarin, mamlakatda haqiqiy ko„ppartiyaviylik tizimining paydo bo„lishi 
bugungi kunda mavjud bo‟lgan har bir siyosiy partiyaning faoliyatiga bog„liq. 
Shuning uchun ham O„zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
ta‟kidlaganlaridek, “Har bir partiya muayyan ijtimoiy qatlamga tayangan holda, ana 
shu toifa manfaatlarining himoyachisi sifatida o„zining aniq ravshan harakat dasturiga 
ega bo„lishi kerak. Unda har qaysi partiyaning maqsad va vazifalari, jamiyat 
taraqqiyoti borasidagi muqobil takliflar o„z ifodasini topishi lozim. Amalda 
ko„ppartiyaviylik – bu har xil kurash va g„oyalar o„rtasidagi bahs-munozara, turli 
Yüklə 66,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin